Get Mystery Box with random crypto!

Qumqo’rg’on tumani bolalar futbolidagi yana bir turnirga mezbo | Qumqo‘rg‘on yangiliklari | Azamat Muradov

Qumqo’rg’on tumani bolalar futbolidagi yana bir turnirga mezbonlik qiladi.

JANUB JAVOHIRLARI KUBOGI-2024

Xabaringiz bor o’tgan yili bolalar futbolini Surxondaryo viloyatida rivojlantirish maqsadida “Janub javohirlari kubogi”ga asos solgandik. Homiylar tomonidan qo’llab-quvvatlash evaziga bu turnirni ajoyib o’tkazgandik. Bu yil ham huddi o’sha turnirni yana tumanimiz “Alpomish” o’yingohida qilish arafasidamiz. Shu yilning 12-may ya’ni yakshanba kuni 6 ta bolalar futbol jamoalari o’rtasida “Janub javohirlari kubogi” turniriga start beramiz.

Turnirda: Parvoz jamoasi Qiziriq, Sho’rchi, Muzrabod, Angor va qo’shni viloyat Qashqadaryoning Shahrisabz tumanidan jamoalar qatnashishadi.

8:30 dan boshlab intrigaga boy o’yinlarga guvoh bo’lasizlar.

Turnirda albatta eng kuchli jamoalarga bir nechta estalik sovg’alar va “Janub Javohirlari kubogi” taqdim etiladi.

@JANUBFUTBOLI