Get Mystery Box with random crypto!

Bugun yo‘g‘ayotgan yomg‘ir Boysunda o‘tkazilishi belgilangan « | Qumqo‘rg‘on yangiliklari | Azamat Muradov

Bugun yo‘g‘ayotgan yomg‘ir Boysunda o‘tkazilishi belgilangan «Boysun bahori» festivaliga tayyorgarlik ko‘rayotganlarga xalaqit bermoqda.

Ma‘lumot uchun, joriy yil 7-8-may kunlari Boysun tumanidagi Padang qishlogʻida “Boysun bahori” ochiq folklor festivali boʻlib oʻtadi. Festivalda O‘zbekistondagi 200 dan ortiq folklor jamoalarining qatnashishi kutilayapti.

Festivalda milliy kurash musobaqasi, etnosport, velomarofon, uloq-koʻpkari, varrak uchirish, arqon tortish, chillak va boshqa xalq oʻyinlariga ham keng oʻrin ajratilgan. Festival yakunida eng yaxshi folklor-etnografik va eng yaxshi oʻtov-uy oʻrnatgan jamoalar, sport va xalq oʻyinlari gʻoliblari munosib taqdirlanadi.

Boysun – YUNESKO tomonidan “Insoniyatning ogʻzaki va nomoddiy madaniy merosi” durdonasi sifatida eʼtirof etilib, 2008-yilda YUNESKOning “Insoniyatning nomoddiy madaniy meros” reprezentativ roʻyxatiga kiritilgan.

@QUMQORGON_1977