Get Mystery Box with random crypto!

Qumqo‘rg‘on-1977 jamoasining navbatdagi raqibi Toshkent viloya | Qumqo‘rg‘on yangiliklari | Azamat Muradov

Qumqo‘rg‘on-1977 jamoasining navbatdagi raqibi Toshkent viloyatining Lochin jamoasi bo‘ladi.

1-liga 3-turida Qumqo‘rg‘on-1977 jamoasi 23-aprel sanasida Lochin jamoasi mehmoni bo‘lishadi. O‘yin Toshkent viloyatining Chirchiq tumanida Jismoniy tarbiya institutining maydonida bo‘lib o‘tadi.

Jamoamizda yo‘qotishlar yo‘q. Jarohat sabab 2-turni o‘tkazib yuborgan Nizomjon Norov 3-turda maydonga tushishi kutilmoqda.

O‘yin Toshkent vaqti bilan 16:00 da start oladi. Lochin jamoasi bilan O‘zbekiston kubogi saralash bahsida ro‘baro‘ kelib, 4:3 hisobida zafar quchganmiz.

Barcha surxondaryoliklarni qo‘llab-quvvatlashga chorlab qolamiz!

@QUMQORGON_1977