Get Mystery Box with random crypto!

'Open byudjet ochiq byudjet portali'ga Qumqoʻrgʻon tumanidagi | Qumqo'rg'on Yangiliklari | Rasmiy kanal

"Open byudjet ochiq byudjet portali"ga Qumqoʻrgʻon tumanidagi 43-umumtaʼlim maktabidan 11ta global muammo qoʻyildi.

Endi masʼullarga savol:  Kutubxona, faollar zali, kompyuter, sinf xonalar yetishmovchiligi, tom qismidan tomchi oʻtishi, sport zal, stadion, oshxona hatto devori yoʻq maktabda nimadir bormi oʻzi?

Menimcha bu maktabga rahbarlarning eʼtibori tugul, mustaqillik havosi ham kelmaganga oʻxshaydi. Shuncha muammosi bor maktabni tasavvur qilayapman. Undagi oʻquvchi va oʻqituvchilarning dardiga sherikman. Qani imkonim boʻlsa 11 ta muammosini ham hal qilardim.

"Biz bunday ish qildik, unday ish koʻrsatdik" deb koʻksiga urayotganlar, bir borib nazar soling 43- maktabga.

Shuni alohida taʼkidlab oʻtish joizki "Open Byudjet ochiq byudjet portali"ga Qumqo’rg’ondan deyarli maktabdagi va koʻchalar asvalti bilan bogʻliq muammolar koʻrsatilgan.

https://t.me/qumqorgon_yangliklari