Get Mystery Box with random crypto!

Ikkinchi yarim yillikda o'tkaziladigan pedagoglar attestasiya | Obidov🆕Biologiya testlar📊

Ikkinchi yarim yillikda o'tkaziladigan pedagoglar attestasiya uchun hujjatlar qabuli 1 avgustdan boshlanadi

Bu haqda Ta'lim inspeksiyasi axborot xizmati rahbari SHavkat Xo'jaqulov Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligida o'tkazilayotgan 2022 yilning birinchi yarmida o'tkazilgan pedagog kadrlar attestasiyasi natijalari bo'yicha brifingda ma'lum qildi.

Joriy yilning 1 avgust kunidan boshlab, ikkinchi yarim yillikda o'tkaziladigan pedagog kadrlar attestasiyasida ishtirok etish uchun hujjatlar qabul qilish boshlanadi.

Avgust-sentabr oylarida murojaatlar qabul qilinadi;
Oktabr-noyabr oylarida malaka (test) sinovlari o'tkaziladi;
Dekabr oyida Sertifikatlar tarqatiladi.

Ushbu sinovlarda ishtirok etish uchun pedagoglar inspeksiyaning pedkadr.tdi.uz sayti yoki my.gov.uz yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki Davlat xizmatlari markazlari orqali murojaat yuborishlari mumkin.

Ta'lim inspeksiyasi

@quiz_2021test kanali