Get Mystery Box with random crypto!

2022-2023-yillar qish-bahor mavsumida asosiy turdagi qishloq x | qqragro.uz

2022-2023-yillar qish-bahor mavsumida asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini zaxiraga jamg‘arish ishlarining ijrosi yuzasidan


Ichki bozorlarni qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan tizimli va kafolatli to‘ldirish hamda narxlarni barqaror saqlanishini ta’minlash bugungi kundagi asosiy dolzarb vazifalarimizdan biri hisoblanadi.
2022–2023-yil qish-bahor mavsumida aholi va ijtimoiy
soha muassasalarining asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini qondirish maqsadida 36 ming 55 tonna, shundan,
8 ming 577 tonna kartoshka, 5 ming 197 tonna piyoz, 10 ming
220 tonna sabzi va 11 ming 60 tonna guruch mahsulotlarini zaxiraga jamg‘arish belgilangan bo‘lib.
Bugungi kunda hududiy hokimliklar tasarrufidagi tayyorlovchi korxonalar va ijtimoiy soha muassasalari tomonidan Jami 36 ming
710 tonna mahsulotlar zaxiraga jamg‘arildi (105%).
Shundan, 8 ming 653 tonna kartoshka, 5 ming 239 tonna piyoz,
10 ming 838 tonna sabzi va 11 ming 979 tonna guruch mahsulotlari zaxiraga jamg‘arildi.
Shuningdek, borish qiyin bo‘lgan olis cho‘l zonalarida yashaydigan
8 ta aholi punktlariga 713 tonna UN, 48,2 tonna O‘SIMLIK YOG‘I,
109 tonna ShAKAR, 97,3 tonna GURUCh hamda 261,1 tonna kartoshka mahsulotlari to‘lig‘i bilan oldindan yetkazilib berildi

Qaraqalpaqstan Respublikası
Awıl xojalıģı ministrligi málimleme xizmeti

http://t.me/Qragroministry
Youtube I instagram I telegram I facebook I sayt