Get Mystery Box with random crypto!

​Prezidentimiz Qoraqalpogʻistonga oid qaror imzoladi Oʻzbekis | Qoraqalpog'iston yangiliklari

Prezidentimiz Qoraqalpogʻistonga oid qaror imzoladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpogʻiston aholisi salomatligini tiklash, sogʻlom va barkamol avlodni voyaga yetkazishga oid qarorni imzoladi. Unga koʻra, Qoraqalpogʻistonda 80 oʻrinli Bolalar ftiziatriya sanatoriysi, surunkali kasalligi va nogironligi mavjud boʻlgan bolalar uchun 120 oʻrinli bolalar tibbiy reabilitatsiya markazi tashkil etiladi. Bu davlat rahbarining “Qoraqalpogʻiston Respublikasida 2022–2024-yillarda aholi salomatligini muhofaza qilishni yanada kuchaytirish toʻgʻrisida” qarorida belgilangan.

Qarorga muvofiq, Qorqalpogʻistonda quyidagilar tashkil etiladi:

•  surunkali kasalligi va nogironligi mavjud boʻlgan bolalar uchun 120 oʻrinli bolalar tibbiy reabilitatsiya markazi;
•  80 oʻrinli Bolalar ftiziatriya sanatoriysi;
•  Nukus shahar tibbiyot birlashmasi tarkibida 20 oʻrinli xirurgiya boʻlimi;
•  Qoraqalpogʻiston Respublikasi koʻp tarmoqli tibbiyot markazining xirurgiya boʻlimi negizida akademik V. Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Nukus filiali;
•  Nukus shahar tibbiyot birlashmasi tarkibida mavjud oʻrinlar doirasida umidsiz ogʻir bemorlar uchun 20 oʻrinli palliativ yordam koʻrsatadigan boʻlim (hospis).

Shuningdek, Sogʻliqni saqlash vazirining Orolboʻyi mintaqasida tibbiy xizmat boʻyicha oʻrinbosari lavozimi joriy etildi.Joriy yil 1-iyuldan leprozoriylarda ishlaydigan barcha xodimlarning lavozim maoshiga 50 foiz miqdorida ustama belgilanadi.

Kanal: @qoraqalpoq_yangilik