Get Mystery Box with random crypto!

8 yoshli bolaning onasi vafot etgandan so‘ng otasi boshqa ayol | Qᴏʀᴀ_Aᴜᴛʜᴏʀ🌾

8 yoshli bolaning onasi vafot etgandan so‘ng otasi boshqa ayolga uylanishga majbur bo‘ldi. Oradan bir necha kun o‘tgach ota farzandini bag‘riga bosib:
- O‘g‘lim, yangi onang yaxshi ekanmi, deb so‘rab qoldi.
Bola judayam beg‘uborlik bilan javob berdi:
- Oldingi onam menga yolg‘on gapirardilar, ikkinchi onam unday emas ekan.
Ota:
- Nimaga o‘g‘lim?
O‘g‘il:
Yolg‘onchi onam:
- Agar gapimga quloq solmasang senga ovqat bermayman", derdilar. Gaplariga quloq solmasam ham ovqat berardilar
. Yangi onam, "agar o‘yinni bas qilmasang senga ovqat yo‘q", deydilar.
Qachon o‘ynab qaytib kelsam ovqat bermayaptilar.
Mana kechadan buyon hech narsa yeganim yo‘q.
Qornim juda ochdi....
Menga yolg‘onchi onamni topib bering.

@Qora_author