Get Mystery Box with random crypto!

Assalomu alaykum! Arafa va kelayotgan qurbon hayiti barchamizg | QO'QON YAYPAN BOZORI |

Assalomu alaykum!
Arafa va kelayotgan qurbon hayiti barchamizga muborak bo'lsin!
Bu kunlarga yetib kela olmagan iymon ahillarini Alloh o'z rahmatiga olgan bo'lsin.
Duolar ijobat kunlarda Alloh qalblarimizdagi ezgu niyatlarimizni o'zi ro'yobga chiqarsin.
O'ylaganimizdan ko'ra xam afzal maqomlarga erishtirsin.
Millatimizga ofiyat va taraqqiyot, xalqimizga baxt va saodat,
Allohim ilm talabida yurganlarga foydali ilm befarzandlarga solih va soliha farzandlar;
- bemorlarga shifo;
- qarzdorlarga kushoyish;
- g'ariblarga nusrat;
- mazlumlarga najot;
- musofirlarga omonlik;
- safardagilarga g'animatlar;
- ummat orasiga ittifoqlik;
- olimlarimizga haybat;
- omilarimiz uchun olimlarga itoat;
- farzandlarimizga ilm, odob va ummat xizmati;
- ayollarimizga hayo va iffat;
- ota onalarimizga uzun va saodatli umr;
- vafot etganlariga rahmat va mag'firat ato etsin!


@JAMALXAN