Get Mystery Box with random crypto!

Davlat tashkilotlarida faoliyat olib borayotgan yosh xotin-qiz | "Qizlar ovozi" / "Голос девушек"

Davlat tashkilotlarida faoliyat olib borayotgan yosh xotin-qizlarning malakasini oshirishga qaratilgan o‘quv-seminar o‘tkazildi

Ma’lum qilganimizdek, Yoshlar ishlari agentligi tomonidan joriy yilning 12-13-avgust kunlari vazirlik va tashkilotlarda faoliyat olib borayotgan yosh xotin-qizlarning malakasini oshirishga qaratilgan o‘quv-seminar bo‘lib o‘tdi.

Ikki kun davom etgan o‘quv jarayonlarida respublikamizning turli hududlarida faoliyat yuritayotgan 400 nafarga yaqin xotin-qizlar oflayn ishtirok etgan bo‘lsa, 2000 nafarga yaqini onlayn tarzda ishtirok etdi.

Seminar orqali xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini mustahkamlanishi, ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish sohalarida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning mazmun-mohiyatini davlat tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan yosh xotin-qizlarga yetkazish, xotin-qizlar o‘rtasida huquqiy, gender, moliyaviy savodxonlikni hamda ijtimoiy kompitensiyasini oshirish ko‘zda tutilgan.

Bugun,13-avgust kuni seminar jarayonlari yakunlanib, faol ishtirok etgan xotin-qizlarga sertifikatlar taqdim etildi.

Telegram sahifamiz @yoshlaragentligi