Get Mystery Box with random crypto!

Doʻstlar, ajoyib yangilik! Robototexnika boʻyicha IT Park j | Qiziltepa IT Center

Doʻstlar, ajoyib yangilik!

Robototexnika boʻyicha IT Park jamoasi 2022-yil 12–17-oktabr kunlari Shanxayda bo‘lib o‘tadigan “WorldSkills International” tanlovida O‘zbekiston nomidan ishtirok etadi!

IT Park jamoasi “WorldSkills Uzbekistan – 2022” chempionatining “Mobil robototexnika” yo‘nalishi bo‘yicha mamlakat bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritib, xalqaro chempionatda ishtirok etish yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Eslatib oʻtamiz, “Worldskills International” – dunyodagi eng yirik musobaqa: musobaqa 85 ta davlatda oʻtkaziladi.

Taʼkidlash joizki, bu Oʻzbekiston terma jamoasining bunday xalqaro musobaqada ilk bor ishtirok etishi boʻladi.

IT Park jamoasiga ushbu chempionatda omad tilaymiz

Batafsil: https://clck.ru/eiEKx