Get Mystery Box with random crypto!

Siz chet ellik IT-mutaxassisni qidiryapsizmi? IT Market pla | Qiziltepa IT Center

Siz chet ellik IT-mutaxassisni qidiryapsizmi?

IT Market platformasida siz xorijiy IT-ekspertlarni topishingiz mumkin, xususan: dasturchilar, sinovchilar, veb-dizaynerlar, robototexnika va axborot xavfsizligi bo‘yicha mutaxassislar va boshqalarni.

Quyidagilarni qilish kerak:
– IT Market veb-saytiga oʻtish it-market.uz
– “Vakansiyalar” boʻlimida kompaniyangizdagi boʻsh ish oʻrinlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni joylashtirish;
– “Mutaxassislar” boʻlimida nomzodlarning rezyumelarini koʻrib chiqish va toʻgʻridan-toʻgʻri bogʻlanish.

Sizga qulay boʻlishi uchun IT Market platformasida oʻzining Telegram kanali mavjud boʻlib, u yerda har kuni IT sohasidagi vakansiyalar va rezyumelar eʼlon qilinadi: @itmarket_uz

Rezyume yoki vakansiyani joylashtirish haqida batafsil: @itmarket_admin

IT Market – IT sohasida mutaxassislar va ish beruvchilarni birlashtirish uchun IT Park Uzbekistan tomonidan yaratilgan onlayn-platforma.