Get Mystery Box with random crypto!

O'ZBEK TILINI O'RGATISH HOLATI O‘RGANILDI O‘zbekiston Respub | YANGI QIZILTEPA

O'ZBEK TILINI O'RGATISH HOLATI O‘RGANILDI

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat tilini rivojlantirish departamentining topshirig‘iga asosan mas’ul tashkilotlar xodimlari tomonidan Qiziltepa  tumanidagi bir qator Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida davlat tilini o‘qitish holati bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganishlar jarayonida Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida o‘zbek tilini o‘rganilishi ko‘lamini kengaytirish, davlat tiliga doir bilimlarni shakllantirib borish, o‘zbek tilining sofligini saqlash, ona tiliga muhabbat, qadriyat va an’analarimizga hurmat hissini shakllantirish hamda kitob o‘qishga qiziqtirishga qaratilgan amaliy mashg‘ulotlarning olib borilishi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar holati tahlil qilindi.
Sohaga oid ishlarni tashkil etishda yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklarni bartaraf etish hamda davlat tilini o‘qitish samaradorligini oshirish yuzasidan mas’ullarga amaliy ko‘mak, taklif va tavsiyalar berildi.