Get Mystery Box with random crypto!

Qiziltepa tumanida “Ijtimoiy moslashuv maslahatxonasida hamkor | YANGI QIZILTEPA

Qiziltepa tumanida “Ijtimoiy moslashuv maslahatxonasida hamkor tashkilotlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari” mavzusida o‘quv seminari tashkil etildi.

Seminarda Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi bo‘lim boshlig‘i B. Qahhorov, Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish Navoiy viloyat hududiy bo‘limi direktori N. Ermamatova, hamkor tashkilot va korxonalar vakillari, mas'ul xodimlar ishtirok etishdi.

Tadbir davomida so‘zga chiqqanlar murojaat qilgan, tazyiq va zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan, og‘ir ijtimoiy ahvolda qolgan xotin-qizlarga va ularning farzandlariga birinchi bepul tibbiy yordam ko‘rsatish, ularni o‘zining tasarrufidagi tibbiyot muassasalarida bepul davolash, murojaat qilgan ayollarning voyaga yetmagan farzandlari bilan psixologik ishlash bo‘yicha ma'lumotlar berildi. Shuningdek, gender zo‘ravonlikning xotin-qizlarga va ularning farzandlariga ta'siri, oqibatlari to‘g‘risida tavsiyalar berildi.