Get Mystery Box with random crypto!

#Gʻaflatda_qolmang! Ertaga arafa kuni: Roʻza tutishni unutm | Qirqqishloq News

#Gʻaflatda_qolmang!
Ertaga arafa kuni:
Roʻza tutishni unutmang!
Ertaga, 8-iyul juma kuni zulhijja oyining 9-kuni – arafa kunidir.

Abu Qatoda roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Arafa kunining roʻzasi oʻzidan avvalgi bir yil va oʻzidan keyingi bir yilning gunohlariga kafforat boʻlishini Allohdan umid qilaman”, dedilar (Imom Muslim rivoyati).

Boshqa hadisda Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Arafa kunining roʻzasi ikki yilga kafforatdir: undan oldingi va undan keyingi yilga”, deganlar (Imom Bayhaqiy rivoyati).

Ogʻiz yopish va ochish vaqti (Toshkent vaqti bilan):
Saharlik (ogʻiz yopish) vaqti: 03:15
Iftorlik (ogʻiz ochish) vaqti: 20:00
Niyati: Xolis Alloh uchun nafl roʻza tutishni niyat qildim.

Gʻaflatda qolmang! Arafa kuni roʻzasini tutishni oʻtkazib yubormang!

Buni boshqalarga ham eslating. Ehtimol Siz sababli boshqalar ham roʻza tutar.

Kanalga ulanish uchun
@qirqqishloq_news