Butunjahon shaxmat olimpiadasining so‘nggi — 11 turi 9-avgust | Abdumoʻmin Qirgʻizov
Butunjahon shaxmat olimpiadasining so‘nggi — 11 turi
9-avgust kuni Hindistonning Chennay shahrida oʻtayotgan Butunjahon shaxmat olimpiadasining so‘ggi11-turida shaxmat bo‘yicha Oʻzbekiston erkaklar terma jamoamiz Niderlandiya terma jamoasiga qarshi, ayollar terma jamoamiz esa Kosta Rika terma jamoasiga qarshi dona surishadi.
Hal qiluvchi o‘yin. O‘zbekiston g‘alaba qozonsa, chempionlikni nishonlaydi. Terma jamoamizga omad va g‘alabalar tilaymiz! Siz ham ularni duolaringizda eslab, qo‘llab-quvvatlab turasiz, degan umiddamiz. Yuzimiz yorug‘ bo‘lsin.