Get Mystery Box with random crypto!

#imkoniyat Sektor rahbarlari kichik imkoniyatdan katta natija | QIBRAYLIKLAR 24 🇺🇿|Расмий канал

#imkoniyat

Sektor rahbarlari kichik imkoniyatdan katta natijaga erishayotgan fuqarolarning xonadonida bo‘ldi


Qibray tumani hokimi M.Mirkasimov va tuman DSI boshlig‘i Sh.Xalmatovlar "Uymaut" mahallasidagi o‘rganishlar davomida dastavval, A.Turg‘unboyev xonadonida bo‘lib, qo‘ziqorin yetishtirish jarayonlari bilan tanishdi. Bir yil avval ehtiyojmand oilalar ro‘yxatida bo‘lgan Asqar aka, yaratilgan imkoniyatlar sabab 33 mln
so‘m imtiyozli kredit evaziga qo‘ziqorinning "Veshanka" navini yetishtirib, oylik daromadini 10 mln so‘mga yetkazgan.

Shuningdek, sektor rahbarlari "Saxovat" ko‘chasida yashovchi, hozirgi kunda 60dan ortiq xisori va edelbay zotli qo‘ylarni parvarishlab kelayotgan, Ixlosov Xusniddin xonadonida bo‘ldi.Hozirda,etishtirilayotgan qo‘chqorlarning o‘rtacha narxi 15 mln so‘mni tashkil qiladi.

Қибрай ҳақида энг тезкор маълумотлар  канали

@QIBRAYLIKLAR_24