Get Mystery Box with random crypto!

#obod_qishloq Joriy yil 'Obod qishloq' davlat dasturi doirasi | QIBRAYLIKLAR 24 🇺🇿|Расмий канал

#obod_qishloq

Joriy yil "Obod qishloq" davlat dasturi doirasida "Taraqqiy" va "Birlik" mahallalarida jami 15 mlrd 524 mln so'mlik ishlar amalga oshiriladi.

Qibray tumani hokimi o'rinbosari J.Tulyaganov, "Taraqqiy" mahallasida dastur doirasida olib borilayotgan quriilish-ta'mirlash va obodonlashtirish ishlarini ko'zdan kechirdi.

Dastur doirasida mazkur mahalladagi 4 ming 419 metr ichki yo'llar asfaltlashtiriladi hamda 39 dona eski simyogʻochlar oʻrniga beton stolbalar oʻrnatilib, 2,1 kmdan ortiq elektr simlari (SIP) tortilishi belgilangan.

Shuningdek, aholini toza ichimlik suvi bilan taʼminlash maqsadida 6 km suv quvurlari yotqizilishi rejalashtirilgan bo'lsa, 1,8kmdan ortiq gaz tarmoqlari va 9 ta GTNlar joriy taʼmirlandi.

Aholini tezkor internet tarmogʻiga ulash maqsadida 1,1km yangi tarmoq simlari tortildi.Dasturda, mahalladagi 40-maktab va 12-MTTlarni mukammal taʼmirlash uchun jami 4 mlrd 193 mln soʻm mablagʻ ajratilgan.

Қибрай ҳақида энг тезкор маълумотлар  канали

@QIBRAYLIKLAR_24