Get Mystery Box with random crypto!

#besh_tashabbus 'Besh tashabbus olimpiadasi'ning sektor bosqi | QIBRAYLIKLAR 24 🇺🇿|Расмий канал

#besh_tashabbus

"Besh tashabbus olimpiadasi"ning sektor bosqichi qizg‘in pallaga kirdi

Tumanimizdagi minglab yoshlarni o‘ziga jalb qilgan, ommaviy sport tadbirlaridan biri "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida o‘tkazilayotgan sport musobaqasining sektor bosqichi o‘tkazilmoqda.

Besh bosqichli tashabbus
doirasida sportning shaxmat-shashka bo‘yicha o‘tkazilgan bahslarda 7-10, 11-15 , 16-21, 22-26 hamda 27-30 yoshdagi havaskor shaxmat-shashka ishqibozlari o‘zaro  kuch sinashib, g‘oliblar tuman bosqichiga yo‘llanma olishdi.

Shuningdek,olimpiadaning stol tennisi bo‘yicha ham sektor bosqichida ishtirok etgan 68 ta mahallaning 4 tadan a'zosi qizg‘in bahslarda g‘oliblik uchun kurashdilar.

Shaxmat-shashka va stol tennisi bahslarida mahallalardagi 600ga yaqin yoshlar ishtirok etib, o‘z kuch va bilimlarini sinovdan o‘tkazdilar.Shuningdek, bugun volleybol bo‘yicha sektor bosqichiga start beriladi

Қибрай ҳақида энг тезкор маълумотлар  канали

@QIBRAYLIKLAR_24