Get Mystery Box with random crypto!

"QASHQADARYO HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI" AJ

Telegram kanalining logotibi qashqadaryo_hududiy_elektr — "QASHQADARYO HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI" AJ Q
Telegram kanalining logotibi qashqadaryo_hududiy_elektr — "QASHQADARYO HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI" AJ
Toifalar: Yangiliklar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 2.14K
Kanalning ta’rifi

Қашқадарёликларни электр энергияси соҳасидаги ва бошқа янгиликлари билан таништириб борамиз.

Ratings & Reviews

5.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

2

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar

2022-10-05 06:52:36 Diqqat!!!

5- oktabr kuni "Saroy"  nimstansiyasida  ta'mirlash ishlari olib boriladi
Shu bois Qarshi tumanining  Kerayit, Hilol, Yangi Xonobod, Eski Xonobod, Guliston MFY  hududida
soat 09:00 dan 13:00 gacha
elektr ta’minotida uzilishlar bo’ladi.

Keltirilgan noqulaylik uchun uzr so’raymiz.
“Qashqadaryo hududiy elektr tarmoqlari” AJ Matbuot xizmati
360 viewsBahriddin Esonov, 03:52
Ochish/sharhlash
2022-10-04 16:03:45
#Turon_effekti
Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahar elektr tarmoqlari korxonasi mas'ullari hokimlik axborot xizmati bilan birga Namaton MFY "Muruvvat" ko'chasi aholisi murojaatini o‘rganishdi.

3 oktabr kuni hududga borib, kamchiliklar o‘rganildi. Tez orada amaliy ishlar boshlanishiga va'da berildi.

Turon 24/7 vaziyatni kuzatishda davom etadi!

@turon_24_7
460 viewsBahriddin Esonov, 13:03
Ochish/sharhlash
2022-10-03 10:25:17
Chiroqchi tumanida "Obod qishloq" dasturi amalga oshirilmoqda.

https://t.me/qashqadaryo_hududiy_elektr
530 viewsBahriddin Esonov, edited  07:25
Ochish/sharhlash
2022-09-30 15:44:45
Ўзбекистон Республикаси Президентининг фармони билан Жўрабек Турсунпулатович Мирзамаҳмудов Ўзбекистон Республикаси Бош вазирининг ёқилғи-энергетика ва кимё соҳаларини ривожлантириш бўйича ўринбосари - энергетика вазири лавозимига тасдиқланди.
2.1K viewsДжаббаров Рустам Джанонович, edited  12:44
Ochish/sharhlash
2022-09-30 08:36:03 ”Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 9 yanvardagi Qashqadaryo viloyati hududlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar dasturi toʻgʻrisida”gi 20-sonli qaroriga asosan Qarshi shahrining rekonstruksiya qilinishi munosabati bilan yangi tashkil etilgan “Yangi Shoyxoʻja” massiviga ko‘chib o‘tgan fuqarolarning xonadonlariga elektr taminotini ta'minlash boʻyicha 2 dona, quvvati 250 kVa hamda 1 dona quvvati 100 kVa bo‘lgan transformator punktlari oʻrnatilgan. 13 km uzunlikda yangi elektr uzatish tarmogʻi qurish orqali hudud barqaror elektr energiyasi bilan taminlangan. Bugungi kunda ushbu yangi manzilga aholining koʻchib kelishi davom etayotganini inobatga olib, yangidan qurilayotgan uy-joylar ham bosqichma-bosqich elektr liniyasiga ulanadi- deb ma'lumot bermoqda Qarshi shahar ETK aholining bu borada ijtimoiy tarmoqlardagi so‘rovlariga javoban. Ya'ni, navbatda 1 ta transformator punktini oʻrnatish va oktabr oyida 2,0 km havo tarmogʻi qurish ishlari amalga oshirilishi ma'lum qilindi.

https://t.me/qashqadaryo_hududiy_elektr
765 viewsBahriddin Esonov, edited  05:36
Ochish/sharhlash
2022-09-30 08:06:24
Yakkabog‘ tumani ”Nurli yo‘l" MFY “Lolazor” qishlog‘ining elektr ta'minotini yaxshilash maqsadida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Shu maqsadda yangi trasformator qurilmasi keltirilib, o‘nga yaqin temir beton ustunlari o‘rnatildi. Qishloq aholisi yaqinda yangi transformatorning tarmoqqa qo‘shilmay turgani haqida ijtimoiy tarmoqlar orqali murojaatidan so‘ng, qurilmalarda so‘nggi sinov ishlari o‘tkazildi va transformator tarmoqqa ulandi.

https://t.me/qashqadaryo_hududiy_elektr
563 viewsBahriddin Esonov, edited  05:06
Ochish/sharhlash
2022-09-30 06:20:15
2019 yil “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida Yakkabog‘ tumanining "Sovuqbuloq" MFY ga 2 dona, quvvati 100 va 160 kVa bo‘lgan transformator punktlari oʻrnatilib, 5,2 km masofaga havo elektr uzatish tarmoqlari tortilgan. Buning uchun 150 dona temir beton ustunlari o‘rnatilgan. Shuningdek, MFY hududida foydalanib kelinayotgan 9 ta transformator punkti va undan chiquvchi barcha havo liniyalari mukammal taʼmirlashdan chiqarilgan. Ijtimoiy tarmoqlarda ko‘rsatilgan simyog‘ochlar esa keyinchalik aholi tomonidan qo‘lbola o‘rnatib olingan va mazkur ustunlar Yakkabog‘ TETK tomonidan almashtirilishi ma'lum qilindi.

https://t.me/qashqadaryo_hududiy_elektr
529 viewsBahriddin Esonov, edited  03:20
Ochish/sharhlash
2022-09-29 20:25:44
Yakkabogʻ tumani Qayragʻoch mahallasidagi elektr energiyasi bilan bogʻliq muammolar haqida ijtimoiy tarmoqlarda xabar berilgan edi. Shu kunning o‘zida muammoning yechimiga doir amaliy ishlarga kirishilib, 750 metr masofaga Yakkabog‘ TETK xodimlari tomonidan yangi tarmoq tortildi.

https://t.me/qashqadaryo_hududiy_elektr
576 viewsBahriddin Esonov, edited  17:25
Ochish/sharhlash
2022-09-29 09:13:54 Diqqat!!!

29- sentabr kuni "TQ-6" da  ta'mirlash ishlari olib boriladi
Shu bois Qarshi shahrining  7-mittitumani, Sho‘rtan MFY  hududida soat 12:00 dan 17:00 gacha elektr ta’minotida uzilishlar bo’ladi.

Keltirilgan noqulaylik uchun uzr so’raymiz.
“Qashqadaryo hududiy elektr tarmoqlari” AJ Matbuot xizmati
595 viewsBahriddin Esonov, 06:13
Ochish/sharhlash
2022-09-28 13:38:07
Qashqadaryo viloyatida "Obod qishloq" va "Obod mahalla" dasturlari doirasida yangi elektr tarmoqlari qurilmoqda.
601 viewsBahriddin Esonov, 10:38
Ochish/sharhlash