Get Mystery Box with random crypto!

FIDOKOR USTOZ-MURABBIYLAR UZBEKISTAN GTL E’TIROFIDA! Uzbekis | QarMII: Fazliddin Haqqulov

FIDOKOR USTOZ-MURABBIYLAR
UZBEKISTAN GTL E’TIROFIDA!

Uzbekistan GTL xodimlari, UzGTL stipendiyasi ishtirokchilari va oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazish yo‘li bilan eng mahoratli va kasbiga sadoqatli oliy ta'lim muassasalarning o‘qituvchilarini aniqlash va mehnatini munosib ravishda taqdirlash rejalashtirilmoqda.

Quyidagi havola orqali Sizga ta’lim bergan va hozirgi kunda ham pedagogik faoliyat olib borayotgan jonkuyar ilmiy-pedagog xodimlar haqida ma’lumot kiriting, savollarga javob bering va fikr-mulohazalaringizni taqdim eting.

So‘rovnomadagi ishtirokingiz bilan Sizga ta’lim-tarbiya bergan ustozingizning tanlov golibiga aylanishiga va munosib rag‘batlantirilishiga o‘z hissangizni qo‘shing!

OTM talabalari uchun yaratilgan ushbu havola orqali so‘rovnomada 20-iyulga qadar ishtirok etishingiz mumkin.

Eng ko‘p e’tirof etilgan o‘qituvchilar Uzbekistan GTL kompaniyasi tomonidan moddiy mukofot va qimmatli sovg‘alar bilan taqdirlanadilar.