Get Mystery Box with random crypto!

#Qabul_2022 Bugun yurtimizdagi barcha oliy ta’lim muassasalar | QarMII | Blog

#Qabul_2022

Bugun yurtimizdagi barcha oliy ta’lim muassasalarida qabul jarayoni boshlandi.

Shu munosabat bilan Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutida bu boradagi ishlar boshlab yubrildi. Ayni patda oliygohda 2022/2023 o‘quv yilida hujjat topshiradigan abiturientlar va ularning ota-onalarini qiziqtirgan savollarga javob berish maqsadida 31-avgustgacha har kuni soat 9:00 dan 18:00 ga qadar ishlaydigan Murojaatlar markazi “Koll-sentr” (Call center) va konsulatsiya xonasi tashkil etildi.

“Call center”da bir vaqtning o‘zida kamida o‘ntagacha qo‘ng‘iroqlarga javob berish imkoniyati yaratildi. Endilikda fuqarolar (75) 220-09-24 telefon raqami orqali o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat etishlari mumkin.

Konsultatsiya xonasi internet tarmog‘iga ulangan kompyuter, ish telefoni, tegishli normativ-huquqiy hujjatlar nusxalari va boshqa zaruriy materiallar bilan ta’minlandi.

QarMII axborot xizmati.