Get Mystery Box with random crypto!

arxiv music

Telegram kanalining logotibi qanday_qiiib — arxiv music A
Telegram kanalining logotibi qanday_qiiib — arxiv music
Kanal manzili: @qanday_qiiib
Toifalar: Faktlar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 2
Kanalning ta’rifi

Qanday qilib? - degan qiziqarli savollarga
javoblar beriladigan foydali kanal.
Reklama uchun: @javodbekn

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar

2022-04-16 15:11:29
Qanday qilib (yugurayotganda) to'g'ri nafas olish kerak?

— Yugurayotganda chuqur nafas olishingiz kerak. Bu bizni yangi boshlanuvchilarda tez-tez uchraydigan ko'ngil aynish va bosh aylanishidan himoya qiladi. Ya'ni, chuqur nafas olish bizning bardoshimizni oshirishga yordam beradi.

Qanday qilib kanaliga obuna bo'ling.
11.1K views12:11
Ochish/sharhlash
2022-04-12 12:08:52
Qanday qilib kondisioner filtirni tozalash mumkin?

— Tozalashdan oldin qurilmadagi quvvatni o'chiring. O'zingizning modelingiz bo'yicha ko'rsatmalarga amal qilib, qopqoqni oching va havo filtrlarini olib tashlang.

— Filtrni suv bilan yuvib tashlang, filtrning chekkalari va burchaklariga alohida e'tibor bering: chang va axloqsizlik darhol yuvilmasligi mumkin - suvda namlash kerak bo'ladi.

— Agar bu ishlamasa, suv o'rniga sovunli suvdan foydalanishga harakat qiling. Diqqat! Bunday operatsiyalarni har bir filtr bilan emas, balki bajarish mumkin - ba'zi modellarda bu element samaradorligini pasayishiga olib kelishi mumkin - konditsioneringiz modelini ishlatish bo'yicha ko'rsatmalarni diqqat bilan o'qing.

— Filtrlarni qayta o'rnatmasdan oldin ularni yaxshilab quriting. Boshqa barcha protseduralar vakolatli xizmat ko'rsatish markazi tomonidan amalga oshirilishi kerak.

@Qanday_qiIib kanaliga obuna bo'ling.
11.6K views09:08
Ochish/sharhlash
2022-04-01 15:22:01
Qanday qilib qandli Diabet kasalligi kelib chiqadi?

— Qandli diabet (xalq orasida «saxar kasalligi» deb ham aytiladi) — tanada uglevod va suv almashinuvining buzilishi natijasida yuzaga keladigan kasallik. Me'da osti bezi funktsiyasi buzilishi oqibati hisoblanadi. Me’da osti bezi insulin gormonini ishlab chiqaradi. Insulin qandni qayta ishlashda qatnashadi. Bu gormonsiz organizm qondagi glyukoza miqdorini me’yorda ushlab tura olmaydi va uning miqdori oshib ketadi. Natijada organizm ortiqcha glyukozani siydik orqali chiqarib yuborishi kuzatiladi.

Qanday qilib kanaliga obuna bo'ling.
14.8K viewsedited  12:22
Ochish/sharhlash
2022-03-31 10:50:55
Qanday qilib ustoz bilan munosabatlarni o'rnatish kerak?

— O'zingiz uchun muhim bo'lgan barcha narsalarga qiziqishingizga ishonch hosil qiling va ko‘rsata biling.
— Bundan tashqari, olingan bilimlarni sinfdoshlar bilan muhokama qilish mumkin. Bu paytda ustozingizingiz hurmatiga sazovor bo‘lib olasiz.
— Agar siz tadbirlarda va loyihalarda qatnashsangiz juda yaxshi bo'ladi.


P.s: Qancha ustoz bilan yaxshi munosabatda bo‘lsangiz, baholaringizdan havotir olishga o‘rin yo‘q :)

Qanday qilib kanaliga obuna bo'ling.
11.6K views07:50
Ochish/sharhlash
2022-03-29 09:00:04
Qanday qilib Toshkent shahri va viloyatidan onlayn "Propiska" olish mumkin ?

— Endi yangi joyga ko‘chib o‘tishda doimiy ro‘yxatga olish uchun migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limlariga borish shart emas. Bundan foydalanish uchun my.gov.uz portaliga yagona identifikatsiya tizimi (OneID) orqali kirish va xizmatlar ro‘yxatidan fuqarolik bo‘limini tanlanadi. So‘ngra,Yashash joyiga doimiy ro‘yxatga turish xizmat turi tanlanadi.

— Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida ariza berishda arizachi uy-joyning kadastr raqami va doimiy ro‘yxatga qo‘yilayotgan shaxsning  JSHSHIR ni bilishi lozim.

— Fuqaro haqidagi ma’lumotlarni avtomatik tarzda tegishli ma’lumotlar bazasidan tekshiriladi va shundan keyin, migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limlari tomonidan doimiy ro‘yxatga olinishi haqida QR-CODE bilan himoyalangan qayd varag'ini rasmiylashtirilib, arizachiga elektron shaklda yuboriladi.

@Qanday_qilib kanaliga obuna bo'ling.
11.7K views06:00
Ochish/sharhlash
2022-03-23 16:06:35
Qanday qilib O‘zbekistonda prezidentlik lavozimiga nomzod bo‘lish mumkin?

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 90-moddasiga binoan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga:

— Nomzod 35 yoshdan kichik boʻlmagan.
— Davlat tilini yaxshi biladigan.
— Bevosita saylovgacha kamida 10 yil Oʻzbekiston hududida muqim yashayotgan.
— Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi saylanishi mumkin.

P.s: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti 5 yil muddatga saylanadi.

Qanday qilib kanaliga obuna bo'ling.
12.0K views13:06
Ochish/sharhlash
2022-03-14 16:33:06
Qanday qilib algebra va geometriyadan qiyin misol-masalalarni yechish mumkin?

– Ko'pchilik shu kabi masalalarda yagona yechim bu mavzuni o'zlashtirish deb o'ylashadi. Lekin aslida buning oson va yanada tezroq usuli bor.

– Hamma gap PhotoMath mobil ilovasi haqida ketmoqda. Uni play marketdan bepul yuklab oling, misollaringizni sur'atga oling va tayyor javobini bilib oling.

P.s. Haqiqatdanam zo'r ilova. Agar buni oldin eshitmagan bo'lsangiz, hoziroq sinab ko'ring va bilmaydigan do'stlaringizga ulashing :)

@Qanday_qiIib kanaliga obuna bo'ling.
13.0K views13:33
Ochish/sharhlash
2022-03-04 16:26:06
Qanday qilib Supway Surfers o'ynida g'lib bo'lish mumkin?

"Subway Surfers" o'ynida g'alaba qozonish qiyin chunki uning ohiri o'lim bilan tugaydi. Nega-ki? Uning yaratuvchsining o'gli poyezd relysida vafot etgan.

@Qanday_qiIib — kanaliga obuna bo'ling.
13.0K views13:26
Ochish/sharhlash
2022-02-26 13:53:28
Qanday qilib ma'lumotlarni va so'zlarni tez yodlash mumkin?

1. Yodlamoqchi bo'lgan har qanday ma'lumot va so'zlarni tartib bilan yodlashga harakat qiling.

2. Yodlayotgan ma'lumotlaringizni alohida daftar tutib, yozayotgan so'zlaringizni bir necha marta ovoz chiqarib aytib turing.

3. Yodlagan so'zlaringizni doim qaytarib, aytib yuring. Esingizda turishi uchun vaqti-vaqti bilan biror-bir daftarga yozib qo'ying.

4. Avvaldan o'rganib yurgan so'zlaringizni ovoz chiqarib, yozib va so'zlarga oid rasmlar chizib turing. O'zingiz uchun turli xil metodlar ishlab chiqing.

5. Har bir aytilayotgan so'zlarning ma'nosiga, aytilishiga va ishlatilishiga e'tibor bering. Xato aytayotgan so'zlaringizni to'g'ri aytishga harakat qiling.

6. Yodlayotgan so'z va ma'lumotlaringizni iloji boricha ko'proq va tezroq amaliyotda qo'llashga harakat qiling. Bu esa yodlashda yana bir ko'makchi bo'ladi.

Qanday qilib kanaliga obuna bo'ling.
12.8K views10:53
Ochish/sharhlash
2022-02-22 08:50:13
Qanday qilib SMM mutaxassisi bo'lish mumkin?

— SMM bu social media marketing ya'ni ijtimoiy tarmoq marketing degan ma'noni anglatadi. SMM mutaxassisi bo'lish uchun: Telegram, Instagram, Facebook va hakazo ijtimoiy tarmoqlarni o'rganishdir va tarmoqlarni o'rgangandan so'ng biznesmenlarni brendlarni tanitadi.

— Umumiy olib qaraganda SMM mutaxassislari oyiga o'rtacha 1 mln so'mdan 20 mln so'mgacha. Agar agentsva bo'lsa 300 mln so'mdan 500 mln so'mgacha.

Davomi bor...

@Qanday_qiIib — kanaliga obuna bo'ling.
12.6K views05:50
Ochish/sharhlash