Get Mystery Box with random crypto!

Ushbu duoni 100-marta zikr qilsangiz, sizdan yomonliklar oʻchi | Qamariddin Bekmuhammad

Ushbu duoni 100-marta zikr qilsangiz, sizdan yomonliklar oʻchiriladi.

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

“Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:

«Kim bir kunda yuz marta «Laa ilaaha illallohu, vahdahu laa shariyka lahu, lahul mulku va lahul hamdu, yuhyi va yumiytu va huva ʼalaa kulli shayʼin qodiir” desa, bu uning uchun oʻnta qulni ozod qilish bilan barobar boʻladi, unga yuzta hasana bitiladi va undan yuzta yomonlik oʻchiriladi. Bu unga oʻsha kuni shaytondan saqlanish boʻladi. Oʻsha hol kech kirguncha davom etadi. Hech kim undan koʻra afzal narsa qila olmaydi. Illo, kim undan koʻproq qilgan boʻlsagina, koʻproq savob boʻlishi mumkin.

@Islomuz @QamariddinBekmuhammad