Get Mystery Box with random crypto!

Psixolog Navruzaxon ijod kanali❤️✨

Telegram kanalining logotibi qalbshunos_navruzaxon_elniloda — Psixolog Navruzaxon ijod kanali❤️✨ P
Telegram kanalining logotibi qalbshunos_navruzaxon_elniloda — Psixolog Navruzaxon ijod kanali❤️✨
Toifalar: Psixologiya
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 153
Kanalning ta’rifi

Professional Psixolog | Kvant psixolog | Master |Qalbshunos|Bolalar psixologi|
Instagram: https://instagram.com/_elniloda_?igshid=YmMyMTA2M2Y=
Murojaat uchun: @navruzaxon_xursanaliyevna
Telefon raqam: 998975488022

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2023-03-29 17:40:51 Darsimiz boshlanishiga 20 daqiqa qoldi
Tayyormisiz?
40 views14:40
Ochish/sharhlash
2023-03-29 14:03:35
Azizlarim bugun 20:00 da Jonli_efir bo‘ladi!

Savollaringizni tayyorlab turing
39 views11:03
Ochish/sharhlash
2023-03-29 09:33:01 Baxt – hayotga bo‘lgan munosabatimizda

Inson uning ongi yo‘l qo‘ygan darajada baxtli bo‘la oladi. Shu sababdan, doimo o‘zimizni yaxshi natijaga yo‘naltirsak, ishlarimiz ham samarali bo‘ladi.

Xoh kichik, xoh katta bo‘lsin, har qanday muammoning ham yaxshi tomonini ko‘ra bilishni o‘rganish lozim. Bu muammoning yechimini topishga yordam beradi.

Baxtning asl ildizi — minnatdor bo'lishda. Sizni baxtsiz qilayotgan bu tashqi olam emas, balki ichingizdagi hissiyotlar. Hissiyotlarni boshqarishni o‘rgansangizgina baxtli bo‘la olasiz!

Harakat hissiyotlarga ta’sir qiladi. Jismoniy mashg‘ulotlar jismda kimyoviy reaksiyalar sodir qiladi va natijada inson o‘zini yaxshi his eta boshlaydi.

Hissiyotlar qomatga ham ta’sir qiladi: dard yelkalaringizni bukchaytirib qo‘yishiga yo‘l bermang. Siz dardni yengishni o‘rganing, u sizni mag‘lub qilmasin.

Baxtni yillar, oylar, haftalar va yoki kunlarda emas, har soniyada topish mumkin.

https://t.me/qalbshunos_navruzaxon_elniloda
39 views06:33
Ochish/sharhlash
2023-03-29 08:20:01 Qabul qilish - bizning va hayotimizning asosidir

Har bir vaziyatni qabul qilish holatida boʻling.

Qabul qilish - nima?

Sizga yoqqan, yoqmagan har bir odamni, vaziyatni shartsiz, boricha qabul qilish. Shunda “yoqmagan odam” tushunchasi sizda boʻlmaydi.

Qanchalik qabul qila olmasak, shunchalik hayotimiz murakkablashadi. Muammolar qurshab oladi.

Har bir vaziyat bizning hayotimizga oʻzini qabul qildirish uchun keladi. Siz u vaziyatni qabul qilmasdan turib, uni bartaraf qilishga qanchalik urinmang, vaziyatingiz undan ortiq murakkablashadi.

Masalan: Siz ishxonangizda kimnidir yoqtirmaysiz. Uning gaplari, harakatlarini qabul qila olmaysiz. Sizni gʻashingizni keltiradi. Siz uni qabul qila olmaguningizcha, battar sizga yoqimsiz boʻlgan tomonlarini koʻrsatadi, “sizning nazaringizda” sizga yomonliklar qiladi.
Oradan vaqtlar oʻtib, unga moslashasiz, doʻst tutinasiz, qabul qilasiz. Endigina u bilan yaqin inson boʻlganingizda esa, u boshqa shaharga koʻchib ketadi. Yaʼni, qabul qilganingizdan keyin, qabul qila olmagan vaziyatingiz sizni tark etadi.

Har bir vaziyatda xuddi shunday boʻladi.
Xoh katta vaziyat boʻlsin, xoh kichik, hammasining asosi qabul qilishga borib taqaladi.

Oilaviy munosabatlar, jamoaviy munosabatlar, kasallik, muvaffaqiyatsizlik hamma-hammasi qabul qilish asosida oʻz yechimini topadi.

Siz qabul qila olasizmi (Vaziyatlarni, odamlarni, fikrlarni)?

Buni aniqlash uchun tanangizga eʼtibor bering. Tana biz uchun intuitsiyas vazifasini bajaradi. Agar oshqozoningiz bezovta qilib tursa, qabziyat boʻlsa, demak qabul qila olmayabsiz.

Qabul qilish boʻyicha eng oson texnika:
Doim qabul qildim deb takrorlab yuring. Vaziyatning oʻzida. Kimnidir gapini, harakatini yoki oʻzini qabul qila olmayabsizmi, buni ongli ravishda anglang. “Ha, men qabul qila olmayabman. Lekin har bir vaziyatni qabul qilishga tayyorman” - , deng. Qabul qildim deya takrorlang va yozing

Siz bilan shular haqida boʻlishgim keldi. Anglasangiz, bu eng asosiy yechim.
Hayotingizni yanada mazmunli qilish, rivojlanish va oʻz ustingizda ishlashdan charchamang!


https://t.me/qalbshunos_navruzaxon_elniloda
36 views05:20
Ochish/sharhlash
2023-03-29 05:17:01
🪻 Xayrli Tong!

https://t.me/qalbshunos_navruzaxon_elniloda
34 views02:17
Ochish/sharhlash
2023-03-29 05:17:01
Ayni yashayotgan paytingni imkon deb bil va u bilan mashg‘ul bo‘l. O‘tmish uchun qayg‘urma, kelajakdan xavotirlanma...

Biz uchun bugun bor, yana quyoshli tong va toza havodan nafas olish ne’mati bor va yana hayotimizning yangi oppoq sahifasi, uni yaxshi amallar bilan to‘ldiraylik.

Kechagi kun bilan yashash — eng og‘ir ruhiy kasallik. Agar bu "xastalik"ni yengolmasak, aslo yangi kelajak qurolmaymiz.

Shunday ekan, bugunimiz go‘zal xotima topsin, bugun ulguraylik, bugun erishaylik, bugun uddasidan chiqaylik va bugun baxtga erishaylik...

https://t.me/qalbshunos_navruzaxon_elniloda
36 views02:17
Ochish/sharhlash
2023-03-28 08:20:09
Hattoki xo'roz ham xotinining ko'nglini olmoqda.

Hurmatli erkaklar, ayollaringizni qadrlang!

https://t.me/qalbshunos_navruzaxon_elniloda
36 views05:20
Ochish/sharhlash