Iltimoslarga binoan tahrirlandi Sevma yurak sendan iltimos. Sendek yonib suymaganlarni. Eslamagin o‘ylama xatto. Zarra qadring bilmaganlarni. Kulgularim boshlab qayg‘uga. Tushunmadi yurak tuyg‘uga. Yonib kuyib sevganim bilan. Arzimadi afsus sevgimga. Sevma yurak sendan iltimos. Azob bergan yolg‘onchi yorni. O‘tmish ortga qaytmaydi aslo. Unut endi u dilozorni. Ko‘ksim uzra yonib turar cho‘g‘ Alam dilga otib turar o‘q. Unutaman u bevafoni. Sog‘inmoqdan endi foyda yo‘q. Sevma yurak sendan iltimos. Dil chalmasin motam kuyini. Ermak bo‘lma nomard qo‘lida. Ishqni derlar taqdir o‘yini. Ko‘ksimdagi yuragim o‘ydim. Yolg‘oningdan charchadim to‘ydim. Mayli ketgin ketgin bevafo. Endi senga ishonmay qo‘ydim. Hazonlarga almashdim seni. Armonlarga almashdim seni. Aylantirding bahorim kuzga. Bilsang sevib adashdim seni. Sevma yurak sendan iltimos. Kuni kelib yolg‘iz qolasan. Toptalgan sof tuyg‘ularni deb Barchasidan afsuslanasan. Ko‘ksimdagi yuragim o‘ydim. Yolg‘oningdan charchadim to‘ydim. Mayli ketgin ketgin bevafo. Endi senga ishonmay qo‘ydim. Sevma yurak sendan iltimos. Sevgi ekan xiyonatgacha. Qaytmas bo‘lib ketgan bo‘lsa ham. Senla qolar qiyomatgacha. Hanuz o‘zga kela olmadim. O‘zgaga dil bera olmadim. Barchasini boshidan boshlab. Sevganimdek seva olmadim. Muallif: Komila Qiz. https://t.me/Qalbsado 96 views꧁༒☬ℜ؏αᏞ_ᏦιηG☬༒꧂, 16:02