Get Mystery Box with random crypto!

.... Telbaga aylanib boryapman... Eʼtiborsizlik qilma! Oʼking | 🫂Qalbmdasen 🫀

....

Telbaga aylanib boryapman...
Eʼtiborsizlik qilma!
Oʼkinganimda pinagingni buz!
Sogʻinganingni aytmasang ham sogʻinganimni sezishingni ayt!
"Azoblanishingni koʼrishni istamayman" de..!
Tinglayotganlarim nega bunchalik mahzun kuylar ekanligini soʼra!
"Kimni, nimalarni oʼylab yarim tungacha bedorsan" demaysanmi?..
Ahvolim bilan qiziq!
Hammadek boʼlma!
Choʼkayotganimni koʼrib turib sen ham jimgina kuzatishni bas qil!
Nimani kutayapsan?!
Unutishimnimi?
Taslim boʼlishimnimi?
Aslo!
Hayolinga ham keltirma bunday boʼlmagʼur fikrlarni!
Azoblar menga yangilik emas.
Ular bilan seni uchratgan kunimdan beri har kuni toʼqnash kelaman.
Eskirib ketgan bu azoblar.
Lekin koʼnikib ketolmayapman bu qiynoqlarga. Chunki ogʼriqlar sen tomondan.
Koʼksimni yondirayotgan azoblarimning muallifi sensan!
Shu sababdan yuragimni tutib beraman qiynoqlaringga...
Hammasidan ham bularning hammasini bir chetdan, kiprik qoqmay kuzatishing ogʼriqli.
Ishon... Bu juda ogʼriqli...

:@Qalbimdasen_Pg