Get Mystery Box with random crypto!

-Onajon, kiprigim toʻkilsa: 'Kimnidir sogʻindingmi?' -deysiz d | Qalb taskini...

-Onajon, kiprigim toʻkilsa: "Kimnidir sogʻindingmi?" -deysiz doimo.
Men esa hayolchan: "Sogʻindimmikan?"-derdim.
Siz: "Unda toʻkilgan kiprigingni ol, sogʻingan insoning tomon maktubdek yoʻlla, agar sogʻinching chin boʻlsa, sen sogʻinganing albatta keladi"-deysiz.

-Onajon
Yoʻlladim maktubim, kelmadilar,
Oqibati toʻkilib bitdi kiprigim.
Sogʻinganlarim va mening oʻrtamda,
Afsus boʻlolmadi kiprik ko'prigim.

Endi mudofaasiz koʻzlar na chora,
Qizarib, yoshlarga choʻkib, kuladi.
Kiprikka koʻpriklik kelganda malol,
"Sogʻinchim yolgʻon"-deb aytgim keladi.

Saidakbar Jabboriy

30.03.2021
06:18