Get Mystery Box with random crypto!

#nazm Nigohing qamashsa Quyosh nuridan, Qo'llarim ko'zingga t | Qalb taskini...

#nazm

Nigohing qamashsa Quyosh nuridan,
Qo'llarim ko'zingga tutsam soyabon.
Lablaring tiitrasa sovuq zo'ridan,
Qaynoq ishq tafti-la ilitsam yoron.

Qara ko'zlaring ham kirtayib qolgan,
Nechun yugurmaydi yanoqlarda qon?
Qani, kulguchlaring qayga yo'qolgan?
Balki topolmayin yurgandir makon...

Hamon topolmayin yurgandir makon...