Get Mystery Box with random crypto!

Biz ikkimiz shunchaki tanish, Nari borsa — do'stmiz o'rtacha. | Qalbim oĝriĝi🥀(Rasmiy kanal)

Biz ikkimiz shunchaki tanish,
Nari borsa — do'stmiz o'rtacha.
Bir ohangda har kun hol so'rash,
Boshqa hech gap yo'qdir o'rtada.

Lekin, har gal tushganida ko'z,
Ko'zlaringni yonishi nechun?
Uchrashganda aytolmayman so'z,
So'ngra dilning xonishi nechun?

Ko'rgim kelar o'ychan ko'zingni,
Sening ma'sum boqishlaringni.
Sezmaysanmi, dilbar o'zingni,
Menga juda yoqishlaringni?

Senga ko'char mendagi titroq,
Bul samoviy sezgimasmi, ayt?
Sensiz o'tgan har onim firoq,
O'rtamizda sevgimasmi, ayt?

Balki, mening o'ylarim yanglish,
Balki hech gap yo'qdir o'rtada...
Ishonmayman, shunchaki tanish —
Nahot dilni shuncha o'rtasa?!

#hasta_yurak

@qalbim_ogridi_No1