Get Mystery Box with random crypto!

Juda qaltis boshlandi o‘yin, O‘rtaga sha’n, g‘urur tikildi. Si | Joʻnatilmagan nomalarim📝

Juda qaltis boshlandi o‘yin,
O‘rtaga sha’n, g‘urur tikildi.
Sipqorgancha bahorning kuyin,
Shart o‘qildi, ko‘ngil o‘qildi.

Yutib oldim barini bir-bir —
Egdim nogoh mag‘rur boshingni,
Tortib oldim yuragingdan sir,
Yutdim hatto o‘t qaroshingni.

Titrog‘ingni, zoringni yutdim,
Nafratingni, intiqomingni,
Yo‘g‘ingniyu boringni yutdim,
Yutdim eng qimmatli — oningni.

Sipqorgancha bahorning kuyin,
Mastu alast yutdim va kuydim:
Juda qimmat tushdi bu o‘yin,
Men yurakni boy berib qo‘ydim.

Oydinniso