Get Mystery Box with random crypto!

Qaror. Imzo. Muhr bosildi. Muhabbatga darvozam yopdim. Jim kel | Sog'inchnoma

Qaror.
Imzo.
Muhr bosildi.
Muhabbatga darvozam yopdim.
Jim keldimda,
Kundalikdagi
Yoziqlarni birma-bir yoqdim.

Qiynaganing - so‘zlaring emas,
Sevgim ko‘zga ilmaganing - dard.
Bu ko‘ngilning bo‘lari bo‘ldi,
Muhabbati etilganda rad.

Tun.
Yana sen.
(Ko‘nikolsaydim!)
Tushlar sensiz o‘tmaydi biroq.
Yonib-bitsin hayotdagi ishq!
Lek tushlarda bo‘lmagin yiroq!

Tan olaman,
Aytolmaganim -
Bir o‘zimni azobga qo‘ydi.
Tanlanmagan yurakni o‘yib,
Sen sevgimni do‘stlikka yo‘yding.

Yigit va qiz bo‘lolmaydi do‘st!
Eplolmadim...
Taqdirga ko‘ndim.
Atalgan-u yetib bormagan -
Maktublarni yurakka ko‘mdim.

Qaror.
Imzo.
Muhr bosildi.
Muhabbatga darvozam yoptim.
Jim keldimda,
Kundalikdagi
Yoziqlarni birma-bir yoqdim.