Qancha fursat o‘tdi, unutding dema, Hali tugatmadim sahifamiz | Sog'inchnoma
Qancha fursat o‘tdi, unutding dema,
Hali tugatmadim sahifamizni.
Har tunda shaylanib, biroq shuncha payt
Uch nuqta qo‘ymadim...
- Yarashamizmi?!
Ha desang, dardlar-u azoblar ketar,
Sen ham ko‘p qiynalding buni bilaman.
Balki, ayriliqning shunchasi yetar!
- Seni sevaman!
Aslida muhabbat rashk bilan totli,
Rashksiz baxtlilar ham chin oshiqlarmi?!
Ayriliq ham sinov, azobi - o‘tli,
Bu o‘t saralaydi chin oshiqlarni...
Qay jangda bo‘lmagan muhabbat g'olib?!
Nihoyat qaytadan qo‘ling tutaman.
O‘sha joyimizga,
O‘sha vaqtda kel...
- Seni kutaman♡
nosiroglu