Get Mystery Box with random crypto!

Hayot – teatr, qara: Sahna almashar har on. Qissaning qizig‘i | Sunny🌻

Hayot – teatr, qara:
Sahna almashar har on.
Qissaning qizig‘ida,
O‘zgaradi qahramon.

Sahna ham navbat bilan:
Bir kun keladi galing.
O‘shanda inson bo‘lib,
Do‘stim, o‘ynab ber roling.

Birda shoh, birda yupun,
Asar shunday yaralgan.
Doim xayrli yakun
Yaxshilarga atalgan.
@Qalban_qadrdonlar_uchun