Get Mystery Box with random crypto!

Sevgi&Nafrat 50-qism Eshikni ochib qarasa Abbos qarsh | qalb_tuygularim

Sevgi&Nafrat 50-qism
Eshikni ochib qarasa Abbos qarshisida turgan edi. Munisani kòrib unga rahmi keldi,chunki u ozini ancha oldirib qòygan edi, yuzlari oqarib ozib ketgan edi, oldingi Munisadan asar ham qolmagan edi. Munisa Abbosni kòrib unga qarab qoldi, tili aylanmas edi, aslini olganda gapirishga ham holi yoq edi. Abbos gap boshladi
yaxshimisan
Zòrga hm deya oldi
sabr tliman, joylari Jannatda bòlsin
Munisaning kòzlaridan tomchi tomchi kòz yoshi oqishni boshladi. Abbos mayli sendan havar olgani kelgan edim. Uzur bezota qildim. Ozingni asra deb ketib qoldi. Òzi aslida u bilan ancha gaplashmoqchi edi , ichidagi gaplarni aytmoqchi edi, Ammo Munisani ahvolini kòrib uni yolģiz qoldirmoqchi bòlib tezda chiqib ketdi. Munisaning mahallasini boshiga kelganda chòntagidagi taqinchoq esiga tushib qoldi, orqasiga qaytib taqinchoqni bermoqchi bòldi. Ichkariga kirsa.....









Munisa hech nima yemaganidan yeģlayverganidan siqilaverganidan holi qolmagan edi. Shuning uchun zinadan chiqib ketayotganida boshi aylanib kòzini oldi qoronģulashib hushidan ketdi. Zinadan yeqilib yerda yotardi. Abbos bu manzarani kòrib shokka tushib qoldi. Munisa yeqilganida boshi bilan tushgan edi. Boshidan qon oqar, Abbos esa nima qilishini bilmasdi. Songra tezda oziga kelib Munisaning oldiga yugurib borib uni kòtarib oldi. Kòzlarida yosh bilan Munisam kòzingni och , iltimos meni qorqitma. Endi chundim seni qanchalik sevishimni iltimos meni tashlab ketma degan sozlarni aytib baqirar edi. Sòng tez yordamga qònģiroq qildi. Tezda tez yordam yetib keldi. Munisani shifoxonaga olib ketishdi, Abbos ham u bilan birga ketdi. Uni zudlik bilan aperatsya xonasiga olib kirib ketishdi. Abbos aperatsya xonasining oldida Allohdan uni asrashini sòrab duo qilardi, osha payt ichkaridan doktor chiqib bemor kòp qon yoqotgan, uning organizmi juda ham zaiflashib kuchsiz bòlib qolgan tezda uning qon guruhiga mos qon kerakligini aytdi. Abbos Munisaning nomeridan akasiga telefon qildi. Akasi bu gaplarga ishonolmasdi ishlarini tashlab ishxonadan chiqib tezda shifoxonaga yetib keldi. Ichkariga kirib shifokor bilan uchrashdi. Shifokor barchasini tushuntirdi. Nodir aka eshitganlariga ishongilari kelmasdi, qanaqasiga nimaga bunday bòldi deb baqirib ozlarini ozlari ayblardilar. Munisaning qon guruhiga mos qon topilmayapti, akasining qoni ham mos tushmadi. Nodir aka nima qilishlarini bilmay boshlari qotib qolgan edi.

@fazoviy_mehmon
Siz izlagan manzil...