Get Mystery Box with random crypto!

Sevgi&Nafrat 48-qism Shunday qilib janaza ham tugadi, | qalb_tuygularim

Sevgi&Nafrat 48-qism
Shunday qilib janaza ham tugadi, Munisa gòyoki ruhga òhshab qolgandi. Hech kim bilan gaplashmas, hech nima yemas edi. Uning bunday holini kòrib Nodir aka ezilsalar ham endi sinilarini oldida kuchli bòlishlari kerak edi. Munisaning yaqinlari uning ahvolidan havotirlanishyapti, unga ham nimadir qilishidan qòrqishyapti. Maktabga ham chiqmayapkan edi. Endi qisqacha gapni Abbosdan eshitsak.
U maktabda Munisani kòrmayapkani uchun hovotirlanishni boshladi, ammo nima qilaman undan qiziqib baribir meni sevmaydiku, sevmaganga nima qilaman suykalib, mening ham sevgim faqat havas uchun òrganib qolganim uchun ekan deb ozini ozi ishontirib yurdi. Ammo baribir uning ich ichidan Munisaga qandaydir tuyģu yashiringan edi.
Munisaning buvisi ohiri nabirasini bu ahvoliga chidab turolmay, oldiga kirdilar. Munisa hech nima demay derazaga qarab yotardi. Faqatgina kòzlarida yosh bor edi. Oldingi Munisadan hech nima qolmagan edi. Na kulgu, na quvonch, na baxtiyorlik bari bari yòqolib bòlgan. Buvisi sekin Munisaning oldiga borib
qizaloģim yaxshimisan nimaga unaqa qilyapsan ozingni qiynama bolam seni bu ahvolda kòrib ezilib ketyapmizku , ota onang ham seni bunday kòrishsa hafa bòlishadiku
bu..vi..jon.... ularni juda ham soģindim ularni oldilariga ketgim kelyapti
qizim unday dema sen meni bolamdan qolgan yodgorimsan
Buvisini qattim quchoqlagancha yeģlab uhlab qoldi. Buvisi Munisani peshanasidan òpib qoyib xonadan chiqib ketdilar. Nodir aka ham endi oldingidek quvnoq hazilkash emas edilar, endi ular ota onalariga bergan vadalarini bajarishga harakat qilyaptilar. Buvisi Nodir akaning oldiga borib sòz boshladilar. Nodir aka bu gaplarni eshitib nima qilishni bilmay qoldilar.

@fazoviy_mehmon
Siz izlagan manzil...