Get Mystery Box with random crypto!

#Krepeduz_Qahramoni Darsim eng qiziqarli darslardan biri si | Qahramon Pedagoglar

#Krepeduz_Qahramoni

Darsim eng qiziqarli darslardan biri sifatida e'tirof etildi

Faqirova Muslima Zoyir qizi
Samarqand viloyati Kattaqo'rg'on tumani " Yangi avlod" nomli xususiy maktabi matematika fani o'qituvchisi

Bizning navbatdagi qahramonimiz o'z ustida ishlashdan va yangiliklar yaratishdan to'xtamaydigan yosh ustozlarimizdan biri.

Keling yosh pedagogimizning fikrlari bilan batafsil tanishamiz:

Men "Kreativ pedagog" kursida o‘qib, o‘z bilimlarimni yanada mustahkamladim. Darslarimda qiziqarli metodlardan foydalanib, o'quvchilarni matematika faniga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirishga, ularning ziyrakligi, topqirligi, mustaqil fikrlash qobiliyatlarini yanada rivojlantirishga erishdim.

" Kreativ pedagog " kursida o'rgangan metodlarimdan birgina "Quvnoq koptok" metodini qo'llashim bilan darsim o'zgacha ko'rinishga kirdi. O'quvchilarim har doimgidanda ko'proq darsga qiziqish bildirdi va dars so'ngigacha ularni pozitiv kayfiyat tark etmadi.

Kurs tashkilotchilariga o'zimning ulkan minnatdorchiligimni bildiraman. Yana shuni aytib o'tishim kerakki "Kreativ pedagog" kabi keng imkoniyatli kurslar yanada ko‘payishini, biz kabi yosh ustozlarni o‘z ustida ishlashga boshlashini judayam istayman.

@Krepeduz_Qahramoni