Get Mystery Box with random crypto!

​​#taqriz Farzand tarbiyasi hozirgi davrning eng dolzarb mavz | QADRLI DINDOSHIM

​​#taqriz

Farzand tarbiyasi hozirgi davrning eng dolzarb mavzularidan biri boʻlib kelmoqda.

Ayniqsa «oʻtish davridagi depressiya», «3 yoshdan keyingi krizis» va hokazo kabi terminlarni eshitib, ota-onam bizni internet va psixologlarsiz qanchalik mehr, shartsiz muhabbat va begʻam bolalikni toʻla toʻkis bera olishgani va hali hanuz berib kelishayotganiga amin boʻlyapman.

Psixolog va hozirgi kurslarning hech biriga qarshiligim yoʻq. Hammaning oʻz qarashi, fikrlari bor. Ammo baʼzan murakkab va mashaqqatli vaziyatlardan travma va koʻngilsizliklarsiz chiqib ketish mushkuldek tuyuladi.

Men esa oʻz navbatida qoʻllanma sifatda foydalanayotgan kitobimni tavsiya qilmoqchiman. Bu shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining «Sogʻlom bola» kitoblaridir. Kitob haqiqatdan har taraflama mukammal. Oson tilda, detallar bilan tushuntirilgan. Farzandingizni tarbiyasi, kun tartibi, uni yoʻnaltirish, bolalar oʻrtasidagi adolat kabi mavzular, hadislar bilan keltirilib yoritilgan.

Nafaqat farzandli ota-onalarga, balki oila qurish arafasida turgan yoshlarga juda katta foydasi tegadi. Chunki kelajakda farzandingizga boʻlgan mehr va maʼsuliyat unga yaxshi ota (yoki ona) tanlashdan boshlanadi.

malikakhon_93

Sizda ham Hazratning kitoblarga yozgan taqrizingiz boʻlsa, biz bilan boʻlishing, boshqalarning ham siz olgan manfaatlarini olishlariga sababchi boʻling.

Taqrizlarni yuborish uchun: @hilol_reception

@hilolnashr