Get Mystery Box with random crypto!

O‘zbekistondagi kollej va texnikumlarga kirish uchun test sino | Qabul 2022 | Rasmiy kanal

O‘zbekistondagi kollej va texnikumlarga kirish uchun test sinovlari qachon o‘tkazilishi ma’lum qilindi

O‘zbekistonda 10–20-noyabr kunlari kollej va texnikumlarga kunduzgi ta’lim shaklida o‘qishga kirish uchun test sinovlari o‘tkaziladi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, yoshlar hamda mehnat faoliyati bilan shug‘ullanayotgan xodimlarni kasb yoki mutaxassisliklar egallashini qo‘llab-quvvatlash maqsadida 2021–2022-o‘quv yilida kollej va texnikumlarga sirtqi, kechki va dual ta’lim shakllari bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar kirish imtihonlarisiz to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinadi.

2021–2022-o‘quv yili qabulida kollej va texnikumlarga kunduzgi ta’lim shaklida o‘qishga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarni belgilangan qabul parametrlariga nisbatan tanlov ortgan kasb (mutaxassislik)larga Davlat test markazi tomonidan 2021-yil 10–20-noyabr kunlari test sinovlari tashkil qilinadi.

Test sinovlari professional ta’lim muassasalarining binolari va viloyat markazlarida tayyorlangan katta sig‘imli bino va inshootlarda o‘tkaziladi.

Test sinovlari o‘tkaziladigan binolarning manzili va test sinovlarida ishtirok etish bo‘yicha ruxsatnomalarni taqdim etish vaqti qo‘shimcha ravishda ma’lum qilinadi.

kun.uz

https://t.me/qabul2021uzb