Get Mystery Box with random crypto!

Python Uzbekistan | Shaxsiy blog | Farrux Elomonov

Telegram kanalining logotibi py_uz — Python Uzbekistan | Shaxsiy blog | Farrux Elomonov P
Telegram kanalining logotibi py_uz — Python Uzbekistan | Shaxsiy blog | Farrux Elomonov
Kanal manzili: @py_uz
Toifalar: Texnologiyalar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 477
Kanalning ta’rifi

-Python dasturlash tilidan o'zbekcha ma'lumotlar.
-Dasturlashga oid masalalar.
-Ko'plab qiziqarli ma'lumotlar.
Guruh: @pyuzgroup
Aloqa: @pyuz_bot

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2021-11-21 21:13:31 Ishga kirish borasida ba'zi maslahatlar (2/2)

Suhbatlarda eng ko'p so'raladigan savollarni ko'rib chiqing

Topshirayotgan darajangiz va sohangizga oid, intervyularda eng ko'p so'raladigan savollarni topib tayyorlaning. Odatda to'g'ridan-to'g'ri o'sha savollar so'ralmasada, suhbatdan oldin repititsiya qilib olishga yordam beradi, kuchsiz tomoningizni aniqlab olish uchun ham bu juda foydali.

Til biling

Bunisi aslida eng muhimi, aga siz xalqaro kompaniyalarga topshirayotgan bo'lsangiz. Ingliz tili darajangiz kamida intermediate (IELTSda 5.5-6 yoki CEFRda B1-B2) yoki undan yuqori bo'lishi kerak. O'zimizdagi kompaniyalarning ko'pida esa rus tilini bilish muhim, ingliz tili esa texnik xujjatlarni tushunish darajasida bo'lishi kerak. Shu tufayli dasturlash sohasiga endi kirayotganlar "qaysi dasturlash tilini birinchi o'rganay?" deb savol so'rashsa ingliz tilini deb javob bergan bo'lardim.
634 views18:13
Ochish/sharhlash
2021-11-21 21:13:31 Ishga kirish borasida ba'zi maslahatlar (1/2)

Men hozirda Epam Systems kompaniyasida Python Web yo'nalishida Senior dasturchiman. IT sohasida yaxshiroq kompaniyalarga ishga kirishda o'z tajribamdan o'tgan hamda o'zim foydali deb hisoblagan ba'zi maslahatlarni keltirib o'tmoqchiman. Albatta bularning ko'pidan allaqachon xabardor bo'lishingiz ham mumkin, unday bo'lsa bu ma'lumotlar undan bexabarlar uchun.

Maxsus tayyorlarlik ko'ring

Avvaldan ishga topshirish kuningizni belgilang, bir oydan kam bo'lmagan muddat bo'lsin. Chunki dasturchi zoti uchun eng kuchli motivatsiya bu deadline (so'nggi muddat) qo'yilishi. Bundan tashqari ishga topshirish oldidan tayyorlanish uchun huddi imtihonga tayyorlanganday alohida vaqt ajrating, chunki dasturchilikni o'rganish boshqa, dasturchi bo'lib ishga kirishga tayyorlanish boshqa.

Tayyorlanish uchun nimalar qilish kerak? O'z sohangiz bo'yicha nazariy bilimlaringizni mustahkamlang, darajangiz bo'yicha mavzularni ko'rib chiqing, umumiy ma'lumotlar tuzilmalari va algoritmlarni o'rganing, har kuni dasturlashga oid masalalar ishlang. Yana biror tanishingiz bilan ishga kirish suhbatini mashq qilsangiz ham bo'ladi.

Bittadan ko'p joyga teng topshiring

Qachon ishga topshirishni aniq qilib olganingizdan so'ng o'zingiz ishlashni xohlagan kompaniyalardan bir nechtasini tanlab oling, shunda ishga kirish ehtimolingiz ortadi. O'zingizga qanchalik ishonmang, suhbatda nima so'ralishi, qanchalik bilimingizni ko'rsata olishingiz va suhbat natijasi qanday bo'lishini hech kim oldindan aytib berolmaydi. Shunda siz ishga topshirayotgan kompaniyalar soni bittadan ko'p bo'lsa, biri o'xshamasa boshqasi o'xshab qolishi mumkin.

Buning yana bir plus tarafi, agar bittadan ortiq joydan ish taklifi tushsa, maosh masalasini kelishishda bundan foydalanishingiz mumkin. O'zimda shunday bo'ldi. Bu haqida keyingi postda o'qishingiz mumkin.

Vakansiyalarni ko'rib chiqing

Siz tanlagan kompaniyalarning soha va darajangizga mos vakansiyalari bilan tanishib chiqing. Odatda ularni kompaniya saytidan yoki ish bo'yicha e'lonlar orasidan topishingiz mumkin. U yerdagi ma'lumotlar sizga qaysi sohalar bo'yicha tayyorlanishingiz kerakligi, ishga kirgach nimalar qilishingizni aniqlashda yordam beradi. Kutilayotgan maosh miqdori haqida ham ma'lumot berilgan bo'lishi mumkin.

Bundan tashqari rezyumeingizni ish bo'yicha keltirilgan talablarga moslab tayyorlash ham qattiq tavsiya etiladi, sababi sizning rezyumeingizni birinchi bo'lib ko'rib chiqadigan rekruiterlar asosan sizni vakansiyaga qay darajada mosligingizni tekshirib chiqadi va shunga qarab sizni suhbatga chaqirishlari yoki chaqirmasliklari mumkin.

Insayderlar toping

Tanlagan kompaniyalaringizda sizning yo'nalishingizda ishlaydiganlarni izlab toping. Tanishlaringiz orasida bo'lmasa unda Linkedin, Telegramdagi dasturchilar guruhlaridan topisangiz ham bo'ladi. Keyin ulardan ishga kirish jarayoni haqida batafsil so'rab oling. Agar omadingiz kelsa, ular sizga suhbatda ulardan nimalar so'ralgani, nimalarga tayyorlanish kerakligi haqida aytib berishlari mumkin.

Masalan men o'zim topshirgan kompaniyalarda ishlaydigan tanishlarimdan suhbat jarayonida qanday savollar tushgani yoki tushishi mumkinligi haqida so'rab olganman va buning juda katta foydasi tegdi, chunki bo'ladigan suhbatni oldindan tasavvur qilib, shunga mos tayyorlandim.

Sizni tavsiya qilishlarini so'rang

O'sha kompaniyalarda ishlaydigan tanishlaringizdan sizni "refer" (tavsiya) qilishlarini so'rang. Buning ijobiy taraflari ko'p:

Birinchidan, sizning rezyumeingiz to'g'ridan-to'g'ri kompaniyaning ichki tizimiga tushadi va rekruiterlar qisqa vaqt ichida siz bilan bog'lanishi ehtimoli yuqori bo'ladi. Sababi, o'sha tanishingiz tavsiyasi tufayli rekruiterlarda sizning bilimingizga bo'lgan ishonch kuchliroq bo'ladi.

Ikkinchidan, odatda katta kompaniyalar o'z xodimlari tomonidan tavsiya qilinganlardan birortasi ishga olinib, sinov muddatidan yaxshi o'tsa, tavsiya qilgan xodimga qo'shimcha bonus beriladi. Bu degani tanishingiz uchun ham manfaatli bo'ladi.
530 views18:13
Ochish/sharhlash
2021-11-20 17:34:58
#pillow #python
Pillow haqida

https://telegra.ph/Pillow-haqida-11-20

@Py_uz
526 views14:34
Ochish/sharhlash
2021-11-14 10:31:55
Doniyor aka Nasriddinov bilan bo'lib o'tgan suhbat hali 2 sutka bo'lmasdan 100ming martadan oshiq ko'rib bo'lindi. Agar suhbatni ko'rmagan bo'lsangiz, tavsiya qilaman! )

Havola:

701 views07:31
Ochish/sharhlash
2021-11-13 21:35:06
https://community.uzbekcoders.uz/post/ajoyib-python-614d4df82d1d795e283ee5d4

@Py_uz
737 views18:35
Ochish/sharhlash
2021-11-13 10:07:41

641 views07:07
Ochish/sharhlash
2021-11-12 13:58:54 To'liqroq yozaman bu firma nomi oldin Zetsoft men ishga borgan paytda esa Team Pro hozirgi kunda Smart Soft nomlari ostida faolyat yuritib kelmoqda ekan.
Bularning maqsadi bollarni firibgarlik yo'li bilan aldashdir.

@ilhomjonmusayev
562 views10:58
Ochish/sharhlash
2021-11-12 13:58:54 Bu post TUIT ONLINE kanaliga yuborilibdi tagidagi izohlarni o'qib o'tirsam bunday aldanganlar juda ko'p ekan afsus, aldanib qolmang har doim e'tiborli bo'ling.

@ilhomjonmusayev
525 views10:58
Ochish/sharhlash
2021-11-12 13:58:54 Bugun menga bitta tanishim shunday firmaga duch kelib, xuddi meni xolimga tushib qolgani haqida aytishdi. U ham men borgan odam tomonidan ochilgan lekin nomi o‘zgartirilgan ekan. Nomini o‘zgartirib bollarni qo‘rqitib majburlab ishlatishar ekan. Men ham ishga borgan paytimda bollardan so‘rasam hammasi norozi, qo‘rqib ishlab yurishardi, chunki shartnomada katta jarima summasi yozilgan edi.

Aytmoqchi bo‘lganim shuki darrov shartnomaga shoshilmang 1 2 hafta ishlab ko‘ring yoqmasa shartnoma qilmang. Qadriyatlarini o‘rganing, kompaniya haqida ma‘lumot to‘plang, tanishlaringizdan maslahat oling.

Bunday kompaniyalarni eng katta minus tomoni bollarni IT dan sovitib ham qo‘yishyabdi, shuning uchun har doim e‘tiborli bo‘ling o‘zingiz yoqmagan ishda ishlamang.

Tarqatish ham esdan chiqmasin!

@ilhomjonmusayev
503 views10:58
Ochish/sharhlash