Get Mystery Box with random crypto!

Pul Maktabi

Telegram kanalining logotibi pulmaktabi — Pul Maktabi P
Telegram kanalining logotibi pulmaktabi — Pul Maktabi
Kanal manzili: @pulmaktabi
Toifalar: Biznes
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 3.28K
Kanalning ta’rifi

🔥Hayoting Sayohati uchun Yoqilg'i
🗝Motivatsiya & Muvaffaqiyat Sirlari
🚩Telegram :
@pulmaktabi
🚩Instagram :
instagram.com/pulmaktabi
📚 Kitoblar :
@pulmaktabi_kitoblar
📬 Murojaat uchun :
@pulmaktabi_admin_bot

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2021-04-06 20:09:06 O’ylab ko’raman = Xohlamayman.

Mijoz haqiqatdan ham o’ylab ko’rishi kerak deb o’zingizni aldamang.

Do’koningizdan chiqib ketishi yoki telefon goshagini qo’yishi bilanoq...

...keyingi qilishi kerak bo’lgan ishidan boshqa hech narsani o’ylamaydi .

Bo’lajak mijoz o’ylab ko’raman dedimi, demak aybni o’zingizdan qidiring.

O’rningizda Stiv Jobs bo’lganida mijozdan boshqacha javob olar edi.

Mijoz bilan suhbatdan maqsad: Xa yoki yo’q javobini olish.

Muvaffaqiyatli suhbat “O’ylab ko’raman.” degan gap bilan yakunlanmaydi .

Undan ko’ra “Yo’q.” javobini olganingiz yaxshi.

Hech bo’lmasa mijozda mahsulotingizga qiziqish yo’qligini bilasiz...

...va vaqtingizni mahsulotingizga qiziqadigan odamlar uchun sarflaysiz.

“O’ylab ko’raman.” degan javob olishingizga 2 sabab bor.

Birinchisi, mahsulotingiz qanday qilib mijoz hayotini o’zgartirishini yetarlicha yetkazib bera olmagansiz.

Ikkinchisi, mijoz sarmoya qilishdan qo’rqadi.

Shuning uchun ham mijozdan “o’ylab ko’raman.” degan javob olganingizda...

...Nima haqida o’ylab ko’rmoqchisiz?
...Sarmoya qilishga qo’rqyapsizmi?...
...yoki yaxshi tushunmadingizmi?...

...kabi savollarni bering.

Agar mijoz yaxshi tushunmagan bo’lsa, o’z ustingizda ishlashda davom eting.

Sarmoya qilishdan qo’rqayotgan bo’lsa, boshidan mahsulotingiz foydalarini eslatib o’ting va...

...aniq xa yoki yo’q javobini oling.

Hurmat ila,
Xayot Sharapov

P.S. Kuchli sotuvchilarda 70% gacha konversiya bo’ladi, chunki ular 90% vaqtlarini mahsulotga qiziqqan mijozlarga sarflashadi.

@xayotsharapovblog kanalimga obuna bo’ling va birgalikda sotuv ustasiga aylanamiz
11.6K viewsХает Шарапов, 17:09
Ochish/sharhlash
2021-04-02 12:33:26 Hurmatli "Virgin Atlantic" Yo`lovchilari,

Bugun siz bizning samolyotimizda ucha olmasligingizdan afsusdaman.

Kecha tunda Mayamiga uchub kelgan Boeing 747 samolyotimiz shassisida muammo topildi.

Mutaxassislar samolyotni tuzatishguncha, boshqa samolyotda boshqa ekipaj bilan uchishimizga to`g`ri keladi.

New York aholisiga ikki yildan beri xizmat ko`rsatayotgan bo`lsak, bunday holat hech qachon kuzatilmagan edi.

Mayamiga uchishni boshlashimizdanoq bunday muammoga duch kelganimizga...

...va shaxsan sizga noqulayliklar keltirib chiqarganimiz uchun uzr so`raymiz.

Noqulayliklarga qaramasdan, Virgin Atlanticning sizga bo`lgan hurmati va mehmondo`stligini maksimal darajada namoyish etamiz...

...va manzilingizda o`z vaqtida yetib borishingizni ta`minlaymiz.

Bugun mani shaxsan o`zim va oilam sizlar bilan birgalikda uchamiz.

Xar qanday muammo yoki savollaringiz bo`lsa, behijolat murojaat qilishingiz mumkin.

Samolyotning oldi qatorida bo`laman.

Noqulayliklar uchun uzr so`rayman.

Keyingi safar Virgin Atlantic havo yo`llari barcha qulayliklarni taqdim etishiga va`da beraman.

Hurmat ila,

Richard Branson
Virgin Atlantic havo yo`llari Prezidenti

P.S. BUGUN BARCHA ICHIMLIKLAR KOMPANIYA HISOBIDAN.

- - -

Yuqoridagi xatni tushunganingizdek Virgin Atlantic havo yo`llari o`z mijozlari uchun yozgan.

Xatni A4 varoqqa yozib, charter reys samolyoti o`rindiqlariga joylashtirishgan.

Xatni o`qigan mijozlar, katta ehtimol bilan keyingi safar ham Virgin Atlanticni tanlashadi.

Endi siz javob bering.

Noqulayliklar bo`lganiga qaramasdan...

...keyingi safar ham Virgin Atlanticni tanlarmidingiz?
11.4K viewsХает Шарапов, 09:33
Ochish/sharhlash
2021-04-02 12:33:22
9.5K viewsХает Шарапов, 09:33
Ochish/sharhlash
2021-03-31 20:35:09 Xayot aka man sizi ko’p narsani biladi deb o’ylardim, lekin unaqa emas ekan.

...bir ukamizning aytgan gapi .

Man hech qachon ko’p narsa bilaman demaganman...

...o’ylamaganman ham.

Unda qanday qilib Koreyada qora ishchi bo’lib topgan pulingizni O’zbekistonda topyapsiz?

...degan savol tug’ilishi mumkin.

Birinchidan, Allohning marhamati bilan Dovranbek Turdiev akamizning hamkorlariman.

Ikkinchidan, Pul Maktabi sahifam ustida yetarlicha mehnat qilganman.

Pul maktabi sahifam bo’lmaganida Dovranbek Turdiev hech qachon birga ishlashni taklif qilmagan bo’lardilar.

Sizdan manfaat bo’lmasa yoki qo’lingizdan hech narsa kelmasa...

...kim siz bilan ishlaydi ?

Uchinchidan, ha ko’p narsani bilmayman...

...lekin bilganlarimni ko’p amalda qo’llayman.

Yetarlicha bilimga ega emasman deb...

...maqsadi sari yurishdan to’xtab turgan insonlarni sanab sanog’iga yetib bo’lmaydi.

Maqsadga bilish orqali emas, qilish orqali erishiladi.

Lekin bilish ham kerak-ku?!...

...deyishingiz tabiiy.

Ishoning, tajriba o’rgatganchalik, boshqa hech narsa o’rgata olmaydi.

Xatolardan o’rganamiz.

Xato qilish uchun esa, maqsadimiz sari qadam tashlashimiz shart.

Man ko’p bilmayman, lekin bilganlarimni ko’p amalda bajaraman.

Oylik daromadimga kelsak, $5000- $6000 ni tashkil qiladi.

Ana maqtanishni boshladi ...

...deb o’ylashingiz mumkin.

Lekin buni maqtanish uchun emas, sizga motivatsiya berish uchun aytdim.

Bir yil oldin Musofirda xachir kiyimda birovni quli bo’lgan bir oddiy bola.

Xozir O’zbekistonda - o’z yurtida, toza kiyimda, ofisdan turib ikki baravar ko’proq daromad qilyapti.

Sizdan mani farqim nimada?

- Oliy ma’lumotlimanmi?

- Yo’q, Koreyada 1 yil o’qib, och qolib, o’qishni tashlaganman.

- Otam yordam berganmi?

- 15 yildan oldin “O’g’li yaxshimisan” deb telefon qilgani esimda.

Yagona farq shuki...

...ba’zilar ko’p o’ylasa
...ba’zilak ko’p bajaradi.

O’ylashni bas qilib, o’zingizda bor bilimlar bilan XOZIROQ boshlang.

Qilib ko’rmaguncha, bilib bo’lmaydi.

Xayot Sharapov

Ko’proq postlar uchun instagram sahifamga qo’shiling.

instagram.com/xayotsharapov
- - -

Siz ham maqsadimga erishish uchun yetarlicha bilimga ega emasman deb o’zingizni to’xtatib turibsizmi?
10.4K viewsХает Шарапов, 17:35
Ochish/sharhlash
2021-03-31 20:35:08
8.3K viewsХает Шарапов, 17:35
Ochish/sharhlash
2021-03-26 22:19:53 Koreyadaligimda boshlig’imdan tortib oila a’zolarimgacha...

...O’zbekistonga qaytma, xato qilyapsan...

...Koreyada topgan pulingni to’rtdan birini ham topa olmaysan deyishgan.

Man esa shunchaki “Hali ko’ramiz, qarab turinglar!” deb javob berar edim.

Hamisha shunaqa bo’lganman.

Qaysi sohada bo’lishimdan qat’y nazar, maqsad eng kuchligi bo’lish.

Maktabdagi vaqtlarimda kompyuter o’yinlariga mukkamdan ketganman.

“Dota” o’yini bo’yicha albatta eng zo’ri bo’lmasamda...

...top uchlikga kirar edim .

Undan keyin Dovranbek Turdiev bilan tanishdim...

...va kartada fokus qilishni o’rgandim .

Shunchalik qiziqib qolganimdan 5 yil ketma-ket shug’ullandim...

...va ushbu soha bo’yicha ham shahrimda top uchlikdan joy egalladim.

Fikrlashim boshqacha edi, o’rtacha bo’lishni hech qachon xohlamaganman.

Va bu uchun ko’pchilik tanbeh ham berishardi.

Agar siz ushbu xabarni o’qiyotgan bo’lsangiz...

...demak siz ham o’rtacha bo’lishni xohlamaysiz.

Manga o’xshab boshqacha fikrlashga jasoratingiz yetadi.

Lekin buni yomon ko’radigan odamlar judayam ko’p.

Chunki ular o’rtacha bo’lishni xohlashadi .

Hamma qilayotgan ishni qilishni xohlashadi.

Xavfsiz va qulay quti ichida qolishni xohlashadi.

Lekin siz va manga o’xshagan insonlar...

...quti tashqarisiga chiqishni xohlaymiz.

Biz o’z qutimizni o’zimiz yaratamiz.

Oila-a’zolarim va Boshlig’im Koreyadan ketishimni xohlamasdan...

...o’rtacha insonlarga o’xshab quti ichida qolishimni so’rashayotgan bir paytda...

...o’zimga ishondim va tavakkal qildim.

Va buni uddaladim!

O’zbekistonga Vatanimni va oila a’zolarimni sog’inganim...

...yoki kasal bo’lib tanamda suyakdan boshqa narsa qolmagani uchun qaytmadim.

Qo’lingdan kelmaydi...

...Koreyada topayotgan pulingni O’zbekistonda hech qachon topa olmaysan...

...deyishgani uchun qaytdim.

Uddalay olguningizcha hamma uddalashni iloji yo’q deyishadi.

Uddalashni iloji yo’q degan insonlar hamma qilgan ishni qilishadi...

...va hamma yurgan yo’ldan yurishadi.

O’rtacha bo’lib hamma yurgan yo’ldan yurishni xohlaysizmi?

Yoki boshqacha fikrlab, o’z yo’lingizni yaratishga jasoratingiz yetadimi?

Sharapov Xayot

- - -

P.s: Rasm noo’rin bo’lishi mumkin, lekin boshqa rasmim yo’q.

Shaxsiy blogimga obuna bo’ling: @xayotsharapovblog
10.5K viewsХает Шарапов, 19:19
Ochish/sharhlash
2021-03-26 22:19:52
8.5K viewsХает Шарапов, 19:19
Ochish/sharhlash
2021-03-24 21:07:56
Xotinni to’g’ri tanlashda adashmaslik uchun quyidagi savolni o’zingizga bering:

Qiz farzandingiz xotiningizga o’xshashini xohlaysizmi?

Ayollar uchun to’g’ri er tanlash:

O’g’lingizni eringizga o’xshashini xohlaysizmi?

Post haqida fikringizni izohda qoldiring.

Internet orqali daromad qilishga qiziqsangiz, @xayotsharapovblog shaxsiy sahifamga obuna bo’ling.

@xayotsharapovblog
9.6K viewsХает Шарапов, 18:07
Ochish/sharhlash
2021-03-23 21:35:07 Mani kuzatib yurishibti...

Sizni hech kuzatib yurishganini sezganmisiz?

Man ko’p sezaman.

Qayerga borishimdan qat’iy nazar...

...mani topishadi va ular xohlagan ishni qilmagunimcha ta’qib etishadi.

- - -

Ishonchim komil sizni ham ta’qib etishgan.

Faqat hayotda emas...

...internetda.

Biror-bir saytga kirganingizdan keyin, xuddi shu sayt reklamasini xar joyda ko’rishni boshlagansiz...

...va qanday qilib bunday bo’lishi mumkinligiga hayron qolgansiz .

- - -

Sizlarni marketingdagi ikki termin va qurol bilan tanishtirmoqchiman.

Bular, Target va Re-target.

Target bu - reklamani mahsulotingizni olish ehtimoli katta insonlarga yetkazib berish.

Facebook, Instagram, Google, Youtube, Vkontakte va hokazolarning barchasida target instrumentlari mavjud.

Yuqorida sanab o’tilgan platformalarning barchasi siz haqingizda, siz o’ylagandanda ko’proq ma’lumotga ega .

Ijtimoiy tarmoqlar ro’yxatdan o’tgan birinchi kuningizdanoq siz haqingizda ma’lumot yig’ishni boshlaydi.

Yoshingiz, millatingiz, jinsingiz, kasbingiz, nimalarga qiziqishingiz, hattoki oylik daromadingiz haqida ma’lumotga ega.

Bu ma’lumot ularga nimaga kerak deyishingiz mumkin...

...bu ma’lumotlarni ular biz tadbirkorlarga sotishadi va shu orqali daromad qilishadi.

Deyarli barcha platformada tadbirkorlar reklama yuritishi uchun alohida maydoncha bor .

U yerda biz o’z reklamammizni kimga ko’rsatishni o’zimiz tanlaymiz.

Agar avtomobil zapchastlarini sotmoqchi bo’lsak, platformadan reklamani avtomobili borlarga ko’rsatishini so’raymiz, u esa bajaradi.

Target bu ingliz tili so’zi bo’lib, mo’ljal degan ma’noni anglatadi.

- - -

Sizni internet tarmoqlari orqali ta’qib etishlariga qaytadigan bo’lsak, buni Re-Target deyiladi.

Birinchi o’rinda reklamani ko’rib saytga kirasiz, lekin hech narsa xarid qilmay qaytib chiqib ketasiz.

Buni sayt egalari kuzatib va ko’rib turishadi.

“Do’stim, saytga kirdingiz, lekin xarid qilishni unutdingiz!” degan ma’noda sizga yana reklama yuborishadi.

Ba’zida birinchi saytga kirganingizda xarid qilishga vaqtingiz yoki pulingiz bo’lmagan bo’lishi mumkin.

Retargeting vazifasi sizga xarid qilmoqchi bo’lgan narsangiz haqida eslatib turish.

@xayotsharapovblog
8.6K viewsХает Шарапов, 18:35
Ochish/sharhlash
2021-03-23 21:35:07
7.1K viewsХает Шарапов, 18:35
Ochish/sharhlash