Get Mystery Box with random crypto!

Rossiyadaligimda “Bepulga soqol olamiz.” degan reklamaga ko’zi | Pul Maktabi

Rossiyadaligimda “Bepulga soqol olamiz.” degan reklamaga ko’zim tushdi.

Rostdanmi deb qiziqib kirsam rost ekan.

Faqat navbat ko’pligi sabab biroz kutib turishimni aytishdi.

Navbatim keldi va soqolimni oldirishni boshladim .

3-4 daqiqadan so’ng sartarosh “Bugun sochingizni yumadingizmi?” deb so’radi.

Yudim albatta. Nega so’rayapsiz desam...

Qiyshayib qopti, xunuk turibti deb javob berdi .

Va agar xohlasam chiroylik qilib olib qo’yishini aytdi.

Chiroylik yurishni kim xohlamaydi deysiz ?!

Shuning uchun ham rozi bo’ldim.

Sochimni olayotgan paytda “ovqatlanishingiz bilan muammo bormi?” deb yana bir savol berdi.

Bu safar ham hammasi joyida, nega so’rayapsiz deb javob qaytardim.

“Yuzingizda toshmalar bor ekan. Shuning uchun so’radim, noto’g’ri ovqatlanishdan bo’ladi.” deya javob qaytardi sartarosh-dietolog .

Qora maska chiqqan, ugrilarni tozalaydi. Xohlaysizmi...

Gapini tugatishidan oldin, ha-xohlayman deya javob qaytardim.

Shunday qilib tekinga soqol oldirish uchun kirib...

...sochimni oldirdim, yuzimga maska qildim va 300 Rubl to’ladim .

Koreyaga borib marketing bilan shug’ulanishni boshlaganimda...

U inson aslida sartarosh emas, tajribali marketolog ekanligini tushundim.

Buni qiymat narvoni deb ataladi .

Arzondan boshlab qimmatgacha mijozni cho’ntagiga qarab mahsulot yoki xizmatingizni sotib borasiz.

O’shanda sartarosh mani o’z qiymat narvonidan to’liqona o’tkazdi, chunki maskadan keyin boshqa narsa taklif qilmadi.

Lekin Dan Kennedyning qiymat narvonini oxiri yo’q.

$7 dan boshlab $50,000 gacha mahsuloti bor.

Qiymat narvonini vazifasi har bir inson cho’ntagiga yarasha mahsulot berish va maksimal darajada daromad qilish.

Agar arzon mahsulot bo’lmasa puli ozlar xarid qila olishmaydi va pullarini o’zlari bilan olib ketishadi.

Agar qimmat mahsulot bo’lmasa, Puli ko’p va qimmat mahsulot sotib olishga tayyorlarni qo’ldan boy beriladi.

Dan Kennedy o’limidan oldingi $25,000 narxdagi seminarlaridan birida...

...$50,000 evaziga u bilan birga tushlik qilishlari mumkinligini aytgan.

Va seminar qatnashuvchilarining yarmi tushlikga ham kelishgan ekan .

Mijozlaringizni xafa qilmang va sotishda davom eting.

Fikringizni qoldiring .

Shaxsiy blogim: @xayotsharapovblog