Get Mystery Box with random crypto!

#Ibratli xikoya Zavod direktori zavodni  aylanib yurar ekan, | Pul darsi✅

#Ibratli xikoya

Zavod direktori zavodni 
aylanib yurar ekan,
Bir chekkada devorga suyanib 
turgan yigitga ko'zi tushdi.
Yigitga yaqinlashib xotirjamlik 
bilan so'radi:
"Oylik maoshing qancha?".
To'satdan berilgan savoldan dovdirab qolgan yigit duduqlanib:
"Maoshim 500 ming atrofida.
Tinchlikmi janob, nega so'rayapsiz?" dedi.
Shu zahoti zavod direktori cho'ntagidan 500 ming chiqarib 
yigitga berdi va zavoddan 
haydab yubordi.
Keyin baland ovozda:
"Men bu zavodda tik turganlarnimas ishlaganlarni ishlataman,
Bu gap hammaga tegishli!" deb baqirdi...
Biroz tinchlangach yonidagi bir 
ishchidan:
"Boyagi haydab yuborgan ishchim kimidi?" deb savol berdi.
Ishchi biroz jim turdi keyin sekingina gapira boshladi:
"Bilasizmi janob direktor... u bu yerda ishlamaydi.
U pitsa tashuvchi edi.
Biroz dam olish uchun devorga suyanib turgandi"...
----------------- 
XULOSA: Shoshilib qilingan 
qaror yoki harakat faqatgina 
zarar keltiradi shuni UNUTMANGLAR

@PulDarsi - Biz bilan yorqin kelajak sari qadam bos