2021-01-23 13:53:49
Qanday qilib onlayn-maktabni byudjetsiz ishga tushirish kerak?!
Onlayn-maktabni byudjetsiz ishga tushirish mumkin ekanligi butun dunyoga allaqachon necha marta aytilgan.
⠀
Hali ham ishonmaysizmi? Hozir men buni sizga isbotlayman!
⠀
Diqqat! Bu juda foydali xabar, shuning uchun darhol kerak bo’lgan vaqtda foydalanish uchun buni o’zingizga saqlab oling.
⠀
Byudjetsiz qanday boshlash kerak? Ikkita tekshirilgan usullar:
Qizg’anmang va o’z ekspertligingiz bilan bo’lishing
Bu nimani anglatadi? Har qanday ijtimoiy tarmoqda o’z sevimli nishangiz haqida gapirib bering. Siz o'zingizni faxr bilan "blogger" deb nomlashingiz ham mumkin, lekin eng muhimi, foydali ma'lumotlar bilan bo'lishing. Bu esa odamlarni sizni o’z sohangizda mutaxassis sifatida qabul qilishga majbur qiladi. Siz bunga ko’proq e’tibor berishingiz va professional guruhlarda ishtirok etib, kommentariylarda o’z fikringiz bilan bo’lishishingiz mumkin.
⠀
Keyin esa quyidagi sxema ishlaydi: obunachilarni qo'shimcha ma'lumot bilan bo’lishish va savollarga javob berishga imkon beradigan maxsus vebinarga taklif qilasiz. Va keyingi qadam - bu ularni onlayn-kursga taklif qilishdir.
Kollaboratsiyalarni o’tkazing
Siz boshqa birovning auditoriyasidan foydalanishingiz mumkin. Buning uchun har qanday ijtimoiy tarmoqdagi mashhur mutaxassisni topish, va unga tijorat taklifini yuborish kerak.
⠀
Qanday qilib kollaboratsiyalarda ko’p pul ishlab olish mumkin:
Mutaxassisga kursingizni ma'lum bir foyda uchun e'lon qilishni taklif qiling.
Eng muhimi, agar siz odamlarga ingliz tilida gapirishga yordam bermoqchi bo’lsangiz, unda oshpazlar orasida mutaxassisni izlamang. Maqsadli auditoriyani to'g'ri aniqlang.
️ Prodyusser rolida bo’ling
Mutaxassisga onlayn-maktabni ishga tushirishni taklif qiling. Undan kontent va auditoriya kerak bo’ladi, qadoash va texnik qiyinchiliklarni hal qilish esa sizning yelkangizga tushadi.
⠀
Karuselda biz tez va keraksiz investitsiyalarsiz ishga tushirish uchun yordam beradigan chek-listni yashirib qo’ydik. Post va chek-listni o’zingizga saqlab oling - va siz baxtli bo'lasiz
⠀
Siz qaysi usulni tanlaysiz?
- bir oz ko'proq vaqt davomida, lekin qo'shimcha pul sarflamasdan, faqat o'z kuchingiz yordamida ishga tushirish.
- boshlang'ich jarayonini tezlashtirish uchun turli mutaxassislarni jalb qilib, ma’lum bir byudjetni sarflash.
⠀
Post ostida kerakli variantning raqamini yozing
132 views10:53