2020-08-30 10:15:47
️BALANS QONUNI
Men bu qonunni tushinganimdan so'ng, o'zim uchun uni amalda qo'llashni boshladim va hayotning turli soxalarida taraqqiyotni ko'rdim.
Bu qanday qonun?!
Hayotda hamma narsada muvozanat bor:
Agar siz nafas olsangiz, uni albatta chiqarasiz,
Don sepsangiz, hosilini olasiz,
Siz nimanidir beradigan bo'lsangiz, albatta sizga qaytib keladi....
Faqat nafasning o'zi bo'lmaydi, biz faqat nafas olib turolmaymiz, baribir nafas ham chiqaramiz!
Har doim hayotimizda yomonlik bo'lavermaydi, albatta yaxshi kunlar ham keladi.
Shuningdek, doim "olish" mumkin emas, "berish"ning ham vaqti keladi. Ammo "berish" istalmagan joylarga ketmasligi uchun buni bilib bajarish kerak!
Bu qonun amalda qanday qo'llaniladi?
Pul olish, uchun uni kimgadir berish kerak, Qiyin vaziyatda bo'lsangiz ham!
Sevimli bo'lishingiz uchun, siz ham sevishingiz kerak!
Boshqalardan yaxshi kayfiyat olish uchun, siz ham yaxshi kayfiyat ulashishingiz kerak!
Maqtov eshitish uchun, siz ham boshqalarni maqtashni o'rganishingiz lozim!
Berish va olish qonunini o'zingiz tushunib, o'rganib, sinab ko'ring. Shunda hayotingiz yaxshi tomonga o'zgarganini ko'rasiz!
•┈┈•┈•⊰✿ ✿⊱•┈┈•┈┈•
Каналга аъзо бўлинг
@PsycologyForYou
109 views07:15