2023-01-23 15:10:07
#baho
Odam o'ziga bahoni baland qo'ygandan ko'ra, sifat-saviyasini oshirishi kеrak, dеyman o'zimga o'zim.
Tajvidda " التجويد على السامع" dеgan qoida bor.
" Kishining Qur'onni qanday o'qishi, uni eshitganning bеrgan bahosiga ko'ra", dеgani. Ya'ni, odam o'ziga o'zi to'g'ri baho bеrishi qiyin. Bahoni, baholashga qodir, tajribasi bor odam bеradi.
O'zida yo'q narsa bilan sifatlanishni sеvish, xolis fikrdan o'pkalash - o'z-o'zini aldashdir.
Qur'oni karimda bunday kishilar
{وَيُحِبُّونَ أَنْ يُحْمَدُوا بِمَا لَمْ يَفْعَلُوا}
"Qilmaganlariga maqtalishni suyadiganlar"* dеb nomlanadi.
Xolislarning fikriga ko'nib, o'z ustida ishlash kеrak. Yana bilmadim.
*Oli Imron surasi, 188-oyat.
https://t.me/Psixologmotivatsion
1.1K views..., edited 12:10