Get Mystery Box with random crypto!

Savol: Erim o'g'limizga mehr ko'rsatish nimaligini bilmaydi. B | PSIXOLOGIYA│Psixolog kanali

Savol:
Erim o'g'limizga mehr ko'rsatish nimaligini bilmaydi. Bilaman, bolaligida uning òziga mehr berilmagan, ota-onasi uni doimo kaltaklagan. U aslida yomon odam emas. Lekin u o'z farzandiga nisbatan his-tuyg'ularini ko'rsatmaydi va mehr bermaydi. Bu o‘g‘limizning kelajakdagi hayotiga salbiy ta’sir ko‘rsatishidan xavotirdaman. Axir, o'g'il bola uchun ota-onadan mehr olish juda muhim.

Psixolog javobi:
Eringiz o'zi bilgan yagona senariy bo'yicha yashaydi, ya'ni u bolaligida kattalardan qanday munosabat ko'rgan bòlsa, u ham bolalarga shunday munosabatda bòladi. Chunki, bolaligida unga mehr ko'rsatishga o'rgatilmagan. Ammo bu holat unda mehr-muhabbat yo'q, degani emas. Unga mehrni qay tarzda ko'rsatish kerakligini o'rgatish kerak xolos. Albatta o'g'il bolaga ham faqat ona mehri yetmaydi. Otaning e'tibori va mehri ham juda muhim.
Sizga bolaning otasi bilan birga psixolog qabuliga borishingizni tavsiya qilgan bo'lar edim.

@psixologkanali