Get Mystery Box with random crypto!

​​SIZNI YAXShI KO‘RISHLARINI AYTISHDIMI Ularga o‘zingizni be | ElNa

​​SIZNI YAXShI KO‘RISHLARINI AYTISHDIMI

Ularga o‘zingizni beparvodek ko‘rsatmang. Vaqt keladi, sizni yaxshi ko‘rganlarni topolmay qolasiz.

Doim kimdir sizning ishingizga katta ahamiyat beradi. Siz esa buni sezmaysiz ham.

Og‘riq-alamlarini tabassum bilan hikoya qilib berayotgan kishini ko‘rganingizda bilinki, u ichidan ming marta o‘lib bo‘lgandir

Kimdir sizni ko‘rganda o‘zini bilmaganlikka, ko‘rmaganlikka olyaptimi, demak, siz uning zehnida yashindek yaraqlab, barq urib turibsiz

Ba’zi vaqtlarda o‘zingiz xohlagan narsangizga erisha olmagansiz, to‘g‘rimi? Ehtimol, o‘sha erisha olmaganingiz sizga ato etilgan ulkan ne’mat bo‘lishi mumkin.

Ko‘z yoshlar eng qimmat suyuqliklardir. Ular 1 foiz suvdan, 99 foiz his-tuyg‘ulardan iboratdir. Zaiflarning qalblarini og‘rintirmanglar! Tag‘in u qalblardan bir duo chiqib, sizlarni halok qilmasin

Siz kulsangiz ham, yig‘lasangiz ham, baribir, hayot o‘taveradi. To‘xtab qolmaydi. Shunday ekan, barcha dardlaringizni ustingizga yuklab olmasdan, ulardan xalos bo‘ling, ularni unuting va tabassum qiling!.. Ehtimol vazifangiz ortga surilayotgandir. Ehtimol uylanishingiz

Ehtimol kasallikdan tuzalishingiz ortga surilib turgandir. Lekin ajringiz, savobingiz hech qachon kechikmaydi. Sizga sabr qilganingiz miqdoricha shodlik keladi Inshaalloh.

Shuning uchun sizga «Albatta, har bir qiyinchilik bilan birga yengillik bordir».

@PSIXOLOGIYA