Get Mystery Box with random crypto!

#JAVOBLARI 1. POZITIV Bu yotoqxona quyoshning issiq tafti, xa | PSIXOLOGIYA ONG VA RUXIYAT

#JAVOBLARI

1. POZITIV
Bu yotoqxona quyoshning issiq tafti, xarorati va shinamligi bilan to'lgan. Tanlovingiz, siz har narsaning faqat yaxshi tarafini ko'rishga odatlanganingizni bildiradi. Hech tushkunlikga tushmaysiz va boshqalarni ham har qanday vaziyatda tetiklashtirish yo'lini bilasiz.

2. HAMDARDLIK
Shinamgina yotoqxona, tinchlantiruvchi, jiddiy ranglar. Tinglashni bilasiz, do'stingizga og'ir damda yelkangizni tutib, u eshitishni hohlagan sehrli so'zlarni ayta olasiz. Hamdard bo'la olish bu katta qobilyat, mehribon insonsiz, e'tiborliligingiz uchun sizni yaxshi ko'rishadi.

3. BILIMDONLIK
Entsiklopedik bilimlaringiz bilan odamlarda ta'asurot qoldira olasiz - qanday savol berilishidan qatiy-nazar barchasiga javobingiz tayyor. Shu sabab odamlar sizni qadrlashadi va o'qimishli ekaningizga havas qilishadi.

4. SAMIMIY
Atrofdagilar fikri sizni qiziqtirmaydi, o'z fikringizni yuzga ochiq-oydin ayta olasiz. Yotoqxona derazalaridan go'zal manzara ko'rinib turibdi, demak yuragingizda sayohatga bo'lgan muhabbat yashaydi va butun dunyodagi odamlar bilan tanishishga bo'lgan hohish.

5. ISHONCH
Mustaqil va o'ziga ishongan shaxssiz. Juftsiz ham hotirjam baxtli hayot kechirish mumkinligini bilasiz. Uchrashuv va ayriliqlarga qaramasdan, hayotingiz ijobiy hodisalarga to'la, bunday shukronalik hurmatga loyiq!

6. SAN'AT
Bu yotoqxona yorqin elementlar, dizaynerlik qo'shimcha va kitoblari bilan to'ldirilgan. Bu tanlov - kreativ, noodatiy fikrlash va barcha narsaga ijodkorona yondoshishdan dalolat beradi.

7. MO'TADILLIK
Hotirjam yorqin ranglardagi yotoqxona, minimalizm uslubida. Qaror qabul qilishdan oldin, doim barcha "tarafdor" va "qarshi" taraflarni taroziga solib ko'rasiz, xarakatlaringizni mulohazakorligingiz boshqaradi. Sizni eng murakkab vaziyatlarda ham sog'lom fikrni saqlab qola olish va vaziyatni to'g'ri baholay olganingiz sabab qadrlashadi.

8. MEHNATKASH
O'z ustingizda ishlashingiz, karyerada muvaffaqiyat sari xarakat qilishingiz sabab sizni qadrlashadi. Nimaga erishishingiz kerakligini aniq bilasiz va o'z oldingizga maqsad qo'yib olg'a intilasiz. Kuch va quvvatingiz bilan atrofdagilarni quvvatlantirish qobilyatingiz sabab sizni qadrlashadi.

9. USLUB (стиль)
A'lo darajali uslubiy hissiyotga egasiz, atrofdagilar didingiz va detallarga e'tiborli ekaningizdan lol qolishadi. Ajralib turishni yoqtirasiz va o'zingizga e'tibor qaratishni yaxshi ko'rasiz.

Kanalimizga qo‘shiling va biz bilan birga rivojlaning
Telegram |
@psixologiya_ong_va_ruhiyat  Maktabda oʻrgatilmaydigan bilimlar