Get Mystery Box with random crypto!

Bu kunlarga millionlab bandalar yetisholmadi. Ba’zilari o‘lim | Psixologik maslahatlar

Bu kunlarga millionlab bandalar yetisholmadi.
Ba’zilari o‘lim sabab, ba’zilari esa hidoyatsizlik sabab.
Bizni ushbu ulug‘ kunlarga loyiq ko‘rgan Robbim, jannatlariga ham loyiq ko‘rsin.
Jannatida ham birlashtirsin, jamlasin.
Bayramimizning davomini jannat bog‘larida ham sevina-sevina nishonlaylik.
Ko‘nglimizdan o‘tib, kaftlarimizga to‘kilgan butun xayrli duolarimizning
ijobatini tez kunda ko‘zimizda quvonch yosh bilan qarshi olish butun ahli islomga nasib bo‘lsin.
Dardi borlarga bu bayram shifo bo‘lsin.
Qarzi borlarga bu bayram najot bo‘lsin.
Farzandsizlarga bu bayramda farzand xabari bo‘lsin.
Musibatdagilarga bu bayram ofiyat bo‘lsin.
Sog‘inchdan qalbi poralarga bu bayram visol bo‘lsin.
Muhojirlarga bu bayramda vatan visoliga yetishish baxti bo‘lsin.
Gunohlardan poklangan qalb bilan bayramni nishonlashni Robbim taqdir qilgan bo‘lsin.
Kimning qanaqa yaxshi niyatlari bo‘lsa ziyodasi bilan bersin Allohim!

QURBON HAYITI MUBORAK BO‘LSIN!

#Hurmat_va_ehtirom_ila
#Munchoqkoz